Leagoo Power 5: 65 Mp surat oluvchi quvvatdor smartfon

Leagoo Power 5: 65 Mp surat oluvchi quvvatdor smartfon

Qiziqarli va o‘ziga xos jihatga ega smartfonlar doim ham flagman bo‘lavermaydilar. Misol uchun, Leagoo kompaniyasi navbatdagi "marafonchi" telefon apparati Power 5 modelini kutilmagan sifatlar bilan taqdim qildi. Bu mobil aloqa vositasini «super quvvatli» desa bo‘ladi. Sababi uning quvvati uchun 7000 mA soat sig‘imli akkumulyator tanlangan.

Ishlab chiqaruvchi bunday quvvat manbaasiga ega gadjetiga o‘rtacha protsessor tanlagan. Helio P23 chipini quvvatni tejaydigan ilg‘or protsessor deb bo‘lmasa ham, samaradorlik uchun yetarli. Leagoo Power 5 operativ xotirasi 6 gigabaytli, undagi doimiy xotira sig‘imi 64 gigabaytli.

5,99 dyuymli ekran Yaponiyaning taniqli Sharp kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan va displeyning sig‘imi 2160x1080 belgiga teng.

Leagoo Power ekranining nisbati 18:9 standartli. Quvvatdor smartfonning dizayni ham nisbatan yaxshiroq. Old panelning yuqori va quyi qismida raqiblarniidan qalinroq virtual romlar mavjud.

Leagoo Power 5 devaysi 13 megapikselli old kameraga ega bo‘lgan. Old kamera foydalanuvchi qiyofasini tekshiruvdan o‘tkazish orqali tizimni blokirovkadan chiqaradi. Smartfonning bosh kamerasi qo‘sh datchikli -- 13 Mp + 5 Mp sensorlar Sony tomonidan ishlab chiqarilgan.

Leagoo Power 5 telefon apparati 5V/5A kuchlanishi bo‘yicha tezkor quvvat olish texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi.

Devays Android 8.1 Oreo tizimi boshqaruvida faoliyat ko‘rsatadi. Ishlab chiqaruvchining ma’lum qilishicha, Power 5 smartfonida 65 megapikselli Ultra HD tasvirlar olish mumkin.

Leagoo Power 5 aprel o‘rtalarida $229,99 narxida sotuvga chiqariladi. Uni avvaldan buyurtma qiladiganlar esa yutuqli o‘yinda ishtirok etish imkoniga ega bo‘ladilar va bor-yo‘g‘i $1,99 dollar evaziga bu smartfoga ega bo‘lishlari mumkin.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!