Leagoo S8 — 8 yadroli eng arzon romsiz smartfon

Leagoo S8 — 8 yadroli eng arzon romsiz smartfon

Yilning eng kutilgan va shov-shuvli smartfonlari taqdim qilindi. Ishlab chiqaruvchilar bu yilgi imkoniyatlari nimaga qodir ekanligini namoyish qilishdi. Endi, buyog‘iga taqdim qilingan smartfonlarga diqqatni qaratib, imkoniyatlarini o‘rganib chiqsak ham bo‘ladi. 
 
Bugun cho‘ntagimiz ko‘targan narxdan kelib chiqib, birmuncha zamonaviy tendensiyalarga ega smartfonlarni tanlash imkoniga egamiz. 
Misol uchun, Samsung Galaxy S8 flagmanini xarid qilish uchun 5 million so‘mni sarflashga har kimning ham haddi sig‘masligi mumkin. Biroq, uning o‘rniga, unga juda o‘xshab ketadigan, 4 barobar arzon muqobili Leagoo S8 smartfonini xarid qilsa ham bo‘ladi. 
 
Xitoyliklar hamyonbop narx evaziga imkon qadar kattaroq ekranli smartfon yaratishga harakat qilishgan. Leagoo S8'dagi 5,72 dyuymli, tomonlar nisbati 18:9 ga teng ekranining piksellar sig‘imi 1440x720 belgiga teng, har dyuymda 282 piksel. 
Va, ahamiyatli jihati 2.5D shaklidagi shisha bilan qoplangan old panelning  85% qismini egallab olgan bu panelni Yaponiyaning taniqli Sharp kompaniyasi ishla chiqargan.      
 
Leagoo S8 chastota tezligi 1,5 GGs bo‘lgan 8 yadroli MT6750T chipi va 3 Gb tezkor, shuningdek 32 Gb doimiy xotira bilan ta’minlangan. Doimiy xotirani kengaytirish imkoni mavjud.
Bu chip xizmatlariga evaziga, smartfonga o‘rnatilgan 3050 mA soat sig‘imli va tezkor quvvat oluvchi akkumulyator bilan gadjetni quvvatlash bilan bog‘liq muammolarni unutasiz.  
 
Leagoo S8 devaysining kamera imkoniyatlari ham yomon emas. 2 ta selfi va 2 ta bosh kamera uchun o‘rnatilgan sensorlar surat olishda foydalanuvchini uyaltirib qo‘ymaydi. Unga old kamera uchun OmniVision'ning 8 Mp va 2 Mp, bosh kamera uchun 13 Mp va 2 Mp (SONY) sensorlari o‘rnatilgan. 
 
2 ta sim-kartali Leagoo S8 aloqaning 4G LTE tarmog‘ida ham ishlaydi. Gadjet Android 7.0 Nougat operatsion tizimi boshqaruvida faoliyat ko‘rsatadi. 
 
To‘liq metall korpusli smartfon o‘lchamlari: 70.7 mm x 153.5 mm x 9.1 mm, vazni 185 gramm.
 
Leagoo S8 bozorda $169,99 dollardan sotiladi. Ayni paytda esa unga avvaldan buyurtma berib $119,99 dollardan xarid qilish mumkin.