LED chirog‘i ilovalaridan foydalanasizmi? Unda ushbu maqolani albatta o‘qing

LED chirog‘i ilovalaridan foydalanasizmi? Unda ushbu maqolani albatta o‘qing

LED chirog‘i ilovalari turli xil aqlli funksiyalarga ega ekanligi bilan ko‘pchilikning e’tiborini torta olgan. Ko‘plab foydalanuvchilar turli xil uchbu turdagi ilovalarni o‘z smartfonlariga yuklab olganlar. Ammo ushbu turdagi ilovlardan foydalanmagan ma’qul. Sababini esa quyida tushuntirib o‘tamiz. 

Ishonish qiyin, ammo kamera LED chiroqlari smartfonlarda doim ham bo‘laveemagan. Apple kompaniyasi 2010 yilda chiqarilgan iPhone 4 modeligacha bo‘lgan smartfonlarni LED chirog‘i bilan jihozlamagan. Hozir esa barcha Android yoki iOS tizimida ishlovchi smartfonlarda ushbu chiroqlar mavjud. 

LED chirog‘i ilovalari nima vazifani bajaradi? 

LED chirog‘i ilovalarning ikki xil turi mavjud. Birinchisi bu shunchaki displey yorqinligini oshirish va bo‘sh oq ekranni ko‘rsatuvchi ilovlar. Bu turdagi ilovalar bilan qorong‘u joyni ekranning yorqinligi bilan yoritish mumkin. 

Ikkinchi turdagi ilovlar esa smartfon orqa panelidagi kamera LED chirog‘idan foydalanadi. Bu esa qorong‘u joyni yanada yaxshiroq yoritishga yordam beradi. Ikkala turdagi ilova ham reklamadagidek o‘z ishini bajarsa-da, ular foydalanuvchi bilmagan ba’zi ammalrni ham bajarishi mumkin. 

LED chirog‘i ilovalari bilan bog‘liq muammolar

LED chiroq ilovalari yorug‘lik bilan taminlash vazifasini bajaradi. Ba’zi ilovlarda esa qo‘shimcha funksiyalar bo‘ladi. Ko‘rinishidan bu ilovlar judda oddiy bo‘lib tuyuladi, ammo bunday bo‘lmasligi ham mumkin. 

Haqiqat shundaki, LED chiroq ilovalarining aksariyati keraksiz ruxsatlardan foydalanishi aniqlangan. Bu Android smartfonlarda kattaroq muammo bo‘lgan, lekin ba’zi zararli ilovlar iOS tizimi uchun ham yaratilgan. 

Avast 2019-yilda Google Play do‘konida topilgan 1000 ga yaqin LED chiroq ilovalarni ko‘rib chiqdi. Ushbu ilovalarning to‘rtdan bir qismi 50 dan 77 gacha bo‘lgan ruxsatlarni so‘ragan. Bular ichidan ovoz yozish va kontaktlarni o‘qish kabi ruxsatlar o‘rin olgan edi, albatta, bunday ruxsatlar birgina LED chirog‘i uchun ko‘plik qiladi.

Qo‘rqinchli tomoni shundaki, ushbu ilovalarning bir nechtasi bir milliondan ortiq yuklab olingan. Shunchalik oddiy bo‘lishi kerak bo‘lgan ilovadan bunday xatti-harakatlarni kim ham kutar edi?  Yaxshiyamki, iOS ham, Android ham smartfonlarga kirish ruxsatlarini boshqarishni takomillashtirdi. 

Ushbu ilovlar o‘rniga nimalardan foydalanish mumkin? 

Hozirgi kunda ushbu ilovlardan foydalanish uchun hech qanday zaruriyat tug‘ilmaydi. Chunki Android va iOS tizimlarida LED chiroqni ishga tushiruvchi maxsus tugmalar bor. iPhone'larda ham, Android smartfonlarda ham ushbu tugma vazifalar panelida joylashgan bo‘lib, uning sozlanmalari orqali chiroq yorqinligini ham sozlash mumkin. 

Smartfonlar yillar o‘tgan sayin takomillashib bormoqda. Ba’zi uchinchi tomon ilovalar keltirib chiqaruvchi muammolarga ham barham berilmoqda. Xususan, bir paytlar mashhur bo‘lgan LED chiroq ilovalariga bo‘lgan talab bugungi kunda pasayib bormoqda. 

O‘QING: Bu smartfonlardan iloji bo‘lsa foydalanmang! 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.