LeEco 2016 yilda 20 mln dona smartfon sotdi

LeEco 2016 yilda 20 mln dona smartfon sotdi

Xitoyning turli texnika mahsulotlarini ishlab chiqaradigan LeEco kompaniyasi 2016 yilda 20 million dona smartfon sotishga muvaffaq bo‘ldi, deb xabar bermoqda IXBT sayti. Brend 2017 yilda ushbu segmentda yanada yuqori natijalar qayd qilishni maqsad qilgan.

LeEco 2016 yilda Rossiyada o‘zining birinchi firma do‘konini ochdi, boshqa mamlakatlarda savdo ko‘lamini oshirdi, 2017 yilda esa u AQSh smartfon bozoriga kiri borib, yanada jonliroq faoliyat olib borishni rejalashtirgan.

Kompaniya 2016 yilda bir nechta o‘rta segmentga mansub smartfonlar, shuningdek, yuqori ishlash samaradorligiga ega LeEco Le Pro 3 flagmanini taqdim qildi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!