LeEco Le X920 modeliga 23 MPli asosiy kamera o‘rnatiladi

LeEco Le X920 modeliga 23 MPli asosiy kamera o‘rnatiladi

Xitoyning LeEco kompaniyasi ayni paytda Le X920 nomli 6,3 dyuymli ekranga ega bo‘lgan yirik smartfonni tayyorlamoqda, deb yozmoqda Times News  nashri.

Garchi ushbu qurilma hali rasman taqdim qilinmagan bo‘lsa-da, Xitoy internet nashrlarida unga tegishli ilk suratlar e’lon qilindi. Tarmoqda paydo bo‘lgan xabarlarga ko‘ra, modelga aniqligi 2560x1440 piksel bo‘lgan ekran, SoC Snapdragon 820 protsessori va 4 GB operativ xotira o‘rnatiladi. Shuningdek, manbada yozilishicha, model 23 MPli asosiy kamera, sig‘imi 3400 mA/soat bo‘lgan batareya va USB-C sloti bilan jihozlanadi.

Rasmlarning birida smartfonning Antutu benchmarkidagi ko‘rsatkichlari aks etgan ekran ham keltirilgan.

Telefonning qachon taqdim etilishi noma’lum. Narxi 200 dollar atrofida bo‘lishi yozilmoqda.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!