LeEco Le2 smartfoniga 10 yadroli Helio X25 protsessori o‘rnatiladi

LeEco Le2 smartfoniga 10 yadroli Helio X25 protsessori o‘rnatiladi

Yil avvalida Xitoyning LeTV giganti Qualcomm Snapdragon 820 flagman protsessori o‘rnatilgan dunyodagi ilk smartfonni taqdim etgan edi, endi esa ishlab chiqaruvchi o‘n yadroli MediaTek Helio X25 (MT6797T) platformali yana bir “eng-eng” modelni taqdim etishga hozirlik ko‘rmoqda. Model LeEco brendi ostida ishlab chiqarilib, Le2 (X620) nomini oladi. Uning texnik xususiyatlari GFXBench natijalarida paydo bo‘lib ulgurdi.

LeEco Le2 smartfoni 5,5 dyuymli Full HD ekran bilan ta’minlangan. Tezkor xotira hajmi 3 Gb , doimiy xotira uchun ‘esa 32 Gb joy hozirlangan. Asosiy kamera sig‘imi 16 Mp bo‘lsa, old kamera – 8 megapiksel. Smartfon Android 6.0 Marshmallow operatsion sistemasi asosida ishlaydi.

E’tiborlisi, benchmark saytida X520 indeksli LeEco Le2 talqini haqida ham eslatib o‘tilgan. U boshqacha protsessorga ega (chastota va GPU yuqoridagi smartfonnikidek, faqatgina protsessor sakkiz yadroli Snapdragon 652), biroq ichki xotira kamaytirilgan – 16 Gb. Smartfonning boshqa xususiyatlari o‘zgarishsiz qolgan. Yangi mahsulot taqdimoti 20 aprel kuni Pekinda bo‘lib o‘tadigan kompaniyaning eng yaqin prezentatsiyasida tashkillashtiriladi. U vaqtga qadar esa Meizu va Huawei ham o‘z flagmanlarini namoyish etadi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!