LeEco va Coolpad hamkorlikda yaratilgan smartfonni taqdim qilishdi

LeEco va Coolpad hamkorlikda yaratilgan smartfonni taqdim qilishdi

LeEco va Coolpad hamkorlikda ishlab chiqarilgan Cool1C smartfonini namoyish qilishdi. Mazkur model shu yilning avgust oyida taqdim etilgan qo‘sh kamerali CoolEco Cool1 smartfonidan ham arzonroq bo‘lishi aytilmoqda.

Gizmo China caytida yoziliiicha, Cool1C 5,5 dyuymli Full HD aniqligidagi ekran, bir kristalli Snapdragon 652 protsessori, 3 GB tezkor va 32 GB doimiy xotira bilan jihozlangan. Akkumulyatorining sig‘imi – 4060 mA/soat.

Modelga aniqligi 13 MP bo‘lgan F/2,0 diafragma va fazali avtofokusga ega kamera o‘rnatilgan. Ushbu kamera orqali 30 k/s tezlikda 4K videolarni tasvirga olish mumkin. Old kameraning aniqligi 8 MP, diafragmasi F/2,2.

Shuningdek, ushbu qurilmada IQ-port, Wi-Fi, Bluetooth 4.1 va 3,5 millimetrli audioslot ham ko‘zda tutilgan.

Cool1C 6 dekabrda $130 narxida birinchi bo‘lib Xitoyda sotuvga chiqadi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!