Lenovo 200 dollarlik noutbukni taqdim qildi

Lenovo 200 dollarlik noutbukni taqdim qildi

Xitoyning kompyuter ishlab chiqaruvchi Lenovo kompaniyasi ixcham va oddiy noutbuk ishlab chiqardi. Noutbuk nomi IdeaPad 100S. Uning xususiyati vazni yengilligi va arzonligidadir. Lenovo IdeaPad 100S og‘irligi bir kilogrammga bormaydi, qalinligi esa 17,5 mm. Ekran 11,6 dyuymli, ekran sig‘imi 1366x768 piksel. Tezkor xotirasi 2, umumiy xotirasi 32 Gbayt. Intel® Atom™ Z3735F Quad-Core protsessori o‘rnatilgan bo‘lib, Microsoft Windows 10 Home operatsion tizimida ishlaydi.

Noutbuk kompaniyaning rasmiy do‘konlarida 200 dollar narxda sotiladi. Ekspertlar, ushbu noutbuk sayohatni yoqtiruvchilar uchun yaxshi topilma bo‘ladi, deyishmoqda. Mazkur kamtarona noutbuk tez orada ommalashib ketishi bashorat qilinyapti.

Lenovo kompaniyasiga 1984 yilda Xitoyda asos solingan bo‘lib, kompyuter, mobil telefon va boshqa qurilmalar ishlab chiqaradi. 2015 yil iyul holatiga ko‘ra Lenovaning kompyuter bozoridagi ulushi 21,3 foizni tashkil etgan.