Lenovo 2017 yilda Chrome OS dasturida ishlaydigan mobil kompyuterni chiqaradi

Lenovo 2017 yilda Chrome OS dasturida ishlaydigan mobil kompyuterni chiqaradi

Noutbuklar sotuvi bo‘yicha jahonda yetakchi o‘rinni egallab kelayotgan Xitoyning Lenovo kompaniyasi 2017 yilda Chrome OS dasturida ishlaydigan yangi Yoga Book turkumidagi gibridlarni ishlab chiqarmoqchi, deb yozmoqda Labtop nashri.

Manbada qayd etilgan ma’lumotda aytilishcha, Lenovo kompaniyasining vitse-prezidenti Jeff Meredit bu haqda so‘zlab o‘tgan. So‘nggi yillarda Chrome OS dasturida faoliyat ko‘rsatadigan noutbuklarning ta’lim sohasidagi ommaviyligi ortib bormoqda. Shu bois xitoylik gigant ham mazkur operatsion tizim asosida ishlaydigan gibrid-noutbuklarning muvaffaqiyat qozonishiga shubha bildirmayapti.

Chrome OS versiyasidagi Yoga Book shu seriyadagi avvalgi qurilmalarning barcha muhim xususiyatlari, jumladan, stilus funksiyasini saqlab qolishi ma’lum qilingan.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!