Lenovo 5 dyuymli Vibe K5’ni 129 dollardan sotuvga chiqardi

Lenovo 5 dyuymli Vibe K5’ni 129 dollardan sotuvga chiqardi

Lenovo kompaniyasi 2016 yilning fevral oyida Lenovo Vibe K5 smartfonini namoyish qilgan edi. Mazkur aloqa vositasi aprel oyida sotuvga chiqarildi.

Garchi, o‘rta darajadagi gadjetlar sirasiga kirsa ham, Yevropa bozorlarida ham mazkur qurilmagan talab oshib bormoqda. Hamyonbop smartfonning Xitoydagi bahosi $129 dollar. Xalqaro bozorda esa smartfon 200-225 AQSh dollaridan sotilmoqda.

Lenovo Vibe K5 mobil aloqa vositasi  5 dyuymli, 1280 x 720 piksel sig‘imli IPS-ekran, 1.2 Ggs chastotada ishlaydigan 8 yadroli Qualcomm Snapdragon 415 protsessoriga ega. Qurilmaning tezkor xotirasi 2 GB sig‘imga, doimiy ichki xotirasi 16 GB sig‘imga ega. Unda microSD qo‘shimcha xotira flesh kartasini qo‘llab-quvvatlash bo‘lmachasi bor.

Shu bilan birga, “aqlli telefon”dagi bosh kamera 13 MP bo‘lib, uning ikkita svetodiodli fotochaqnog‘i mavjud. Asosiy kamera 1080p@30fps formatida video yozadi. Bosh kamera avtofokus, sifatni tekshirish tizimlariga ega. Gadjetning selfi kamerasi 5 megapikselli suratlar oladi.

2 SIM-kartali Lenovo Vibe K5 aloqaning GSM / HSPA / LTE tarmoqlarida, shuningdek Wi-Fi hamda Bluetooth 4.1, GPS/AGPS simsiz aloqa tarmoqlarida, Dolby Audio tizimida ham ishlash ko‘nikmasiga ega.

Qurilmaning ishlashi uchun Android 5.1 Lollipop operatsion tizimi javobgar bo‘lib, quvvat toshi – akkumulyator batareyasinig sig‘imi 2750 mA soatga teng.

Korpus bo‘yiga 142 mm, eniga 71 mm, qalinligi 8,2 mm, og‘irligi esa 142 gramm.

Lenovo Vibe K5 akselerometr, yoritish, masofa-oraliq, giroskop datchiklariga ega.

Lenovo Vibe K5 Plus talqini esa 5 dyuym, 1920 x 1080 pikselli IPS-displey, 1,5 va 1,2 GGs chastotalarda ishlaydigan 4 yadroli Snapdragon 616 hamda Adreno 405 grafik-tasvir protsessorlariga ega.

Ko‘pchilik foydalanuvchilar fikriga ko‘ra, smartfonda  Android 6.0 operatsion tizimining o‘rnatilmagani hamda umumiy xotiraning hajmini 48 Gb.dan oshirib bo‘lmasligi katta kamchilikdir.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.