Lenovo’dan yangi noutbuk-transformerlar

Lenovo’dan yangi noutbuk-transformerlar

Lenovo kompaniyasi yuqori samarali va mo‘jaz YOGA 700 noutbuk-transformerlarni jamoatchilikka rasman taqdim qildi. Oshiq-moshiqli, qayrilma konstruksiyali mazkur qurilma 4 rejimda ishlash imkoniga ega: «noutbuk», «planshet», «prezentatsiya» va «konsol».

Barcha modellar Full HD (1920×1080) standartli displeyga ega IPS-matritsa va sensorli interfeys bilan ta’minlagan bo‘lib, mazkur sensorga 10 marotaba chertilsa, displey avtomatik ravishda o‘chib qoladi.

Noutbuklar Windows 10 operatsion tizimida ishlaydi. Audiotizimga Dolby DS1.0 Home Theater sertifikatli stereofonik karnaylar o‘rnatilgan. Shuningdek, noutbukda HD (720p) formatdagi veb-kamera va sifatli ovoz hamda videoaloqani ta’minlash uchun ikkita mikrafon mavjud.

Wi-Fi tizimi IEEE 802.11 standarti asosida. Bu model 802.11 b/g/n standart modulidan ko‘ra 3 karra tezroq ishlaydi. Ma’lumotlar “uzatish-qabul qilish javobgarligi” Bluetooth 4.0.ga “yuklatilgan”.

Yupqa va yengil, 11-dyuym ekranli YOGA 700 mo‘jaz kompyuteri xizmat safarida ko‘p yuradiganlar uchun ayni muddao, deydi ishlab chiqaruvchilar. Vazni 1,2 kg, qalinligi bor yo‘g‘i 15,8 mm, akkumulyatori avtonom rejimda 7 soatga yetadi.

O‘rnatilgan Intel Core m3-6Y75 protsessori energiya tejamkor. Videotezlatgich sifatida Intel HD Graphics yaxlit model qo‘llanilgan.

DDR3L operativ xotira 4 Gb xajmda, asosiy to‘plagich qattiq disk (SSD) 128 Gb xajmga ega.

Tashqi bog‘lanishlar uchun ikkita port USB 2.0, ulardan biri (DC-in) quvvatlash vazifasini bajarsa, port USB 3.0 esa micro-HDMI uchun. Shuningdek, kartrider (SD/SDHC/SDXC/MMC).

YOGA 700 14 ning vazni 1,6 kg, qalinligi—18,3 mm. Qurilma avtonom rejimda 7 soatgacha ishlashi mumkin. Noutbuklar oltinchi avlod Intel Core i7 protsessori, NVIDIA GeForce 940M yozuv kartasi, 8 GB sig‘imli DDR3L hamda 256 GB li asosiy to‘plagich (SSD) bilan ta’minlangan.

YOGA 700 ning dizayni o‘ziga xos: aniq ma’lumotlar kiritishni ta’minlovchi AccuType chiroqli klaviatura hamda ishlash chog‘ida yorg‘ulikni kamaytirish imkonini beruvchi qulayliklar ham mavjud. Xullas, ajoyib to‘plam.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.