Lenovo haqida 7 ta fakt

Lenovo haqida 7 ta fakt

  1. Lenovo kompaniyasiga 1984 yilda Xitoy poytaxti Pekin shahrida Lyu Chuanchji ismli ishbilarmon tomonidan asos solingan. Kompaniya 1988 yilda Gongkongga ko‘chirilgan, birlamchi kapitali 200 ming yuanga teng bo‘lgan.
  2. Avvalroq kompaniya Legends nomi bilan yuritilgan, 2003 yilda rasman Lenovo sifatida o‘zgartirilgan. G‘arb mamlakatlarida Legends nomli kompaniyaning mavjudligi bunga asosiy sabab bo‘lgan.
  3. 1984 yilda yangi asos solingan kompaniyada bor-yo‘g‘i 11 ta xodim (ta’sischidan tashqari) faoliyat yuritgan. Ularning deyarli barchasi milliy fanlar akademiyasining a’zolari bo‘lishgan.
  4. IBM kompyuterlariga o‘rnatilgan Xitoy yozuvlarini aniqlaydigan va shifrlarini ochadigan platalar Lenovo’ning ilk ishlab chiqargan mahsuloti hisoblanadi. Kompaniya avvalida televizor tayyorlashni yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘lgan, biroq ba’zi sabablar tufayli ushbu loyiha ortga surilgan.
  5. O‘z tarixi davomida Xitoy giganti IBM, NEC, Medion, Stoneware, CCE, Nutanix, Motorola kabi kompaniyalarning yirik aksiya paketlarini xarid qilgan.
  6. Lenovo sifatli mahsulotlar ishlab chiqargani bois Xitoyda juda tez rivojlandi. Kompaniyaning umumiy qiymati 45 mlrd dollarni tashkil qiladi.
  7. Zuk seriyasidagi va boshqa yangi turkumdagi smartfonlarni ishlab chiqadigan Motorola Mobility departamenti ham hozirda Lenovo tarkibiga kiradi.