Lenovo ikkita katta ekranli fabletni namoyish qildi

Lenovo ikkita katta ekranli fabletni namoyish qildi

Xitoyning Lenovo kompaniyasi Phab 2 va Phab 2 Plus nomli yirik ekranga ega fabletlarning taqdimotini o‘tkazdi. Ferra nashrining qayd etishicha, Har ikkala model 6,4 dyuymli ekran bilan jihozlangan, biroq Phab 2 Plus versiyasi standart versiyaga qaraganda bir muncha kuchli texnik parametrlarga ega.

Lenovo Phab 2 Plus korpusi magniy-alyuminiy qorishmasidan yaratilgan, Full HD aniqligidagi displey, 13 MPli qo‘sh kamera va 8 Mpli old kamera bilan jihozlangan. Unga takt chastotasi 1,3 GGs bo‘lgan 8 yadroli MediaTek MTK8783 protsessori, 3 GB tezkor va 32 GB doimiy xotira o‘rnatilgan. LTE va 2 SIM-karta ishini qo‘llab-quvvatlaydi.

Lenovo Phab 2 modelining korpusi plastikdan ishlangan, HD aniqligidagi displey, 13 MPli asosiy va 5 MPli old kameraga ega. To‘rt yadroli MediaTek MTK8735 protsessorida ishlaydi. Xotira ko‘rsatkichlari Lenovo Phab 2 Plus bilan bir xil.

Ikkala smartfonga sig‘imi 4050 mA/st bo‘lgan batareya o‘rnatiladi. Phab 2 versiyasi 317 dollar, Phab 2 Plus esa 365 dollar narxida noyabr oyida Rossiyada sotuvga chiqadi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!