Lenovo jahonni yangi planshetlari bilan tanishtirdi

Lenovo jahonni yangi planshetlari bilan tanishtirdi

Lenovo kompaniyasi Jahon Mobil Kongressida Windows 10 plansheti bilan birga, 4 modeldagi yangi Android planshetlarini ham taqdim qildi. Lenovo Tab 4 va Tab 10 devayslari may oyidan boshlab 169 va 179 yevrodan sotuvga chiqariladi. Tab 4 8 Plus va Tab 4 10 Plus planshetlarining bahosi esa 259 va 299 yevroga baholangan.

Planshetlarning barchasi Dolby Atmos stereo texnologiyasidagi ovoz karnaylari bilan jihozlangan. Lenovo Tab 4 8 qurilmasida 4850 mA soatli, Tab 4 10’da 7000 mA soatli akkumulyator o‘rnatilgan. Planshetlarni to‘liq quvvatlab 12 soat foydalanish mumkin.

Devayslar Android 7.0 operatsion tizimida faoliyat ko‘rsatadi. Lenovo Tab 4 plansheti o‘ziga xos dizaynga ega: orqa panel “qo‘sh shisha” uslubida pishiq qilib tayyorlangan.

Lenovo Tab 4 8 va Tab 4 10 HD displey bilan ta’minlangan va ularning samaradorligi uchun Qualcomm Snapdragon 425 protsessori mas’ul. Har ikkala planshetda 2 GB operativ xotira mavjud. Doimiy ichki xotirasi talqinidan kelib chiqib, 16 yoki 32 GB.ni tashkil qiladi.

Lenovo Tab 4 8 Plus hamda Tab 4 10 Plus
Bu modellarda sig‘imi Full HD bo‘lgan ekranlardan foydalanilgan. Ularning samarali faoliyat Qualcomm Snapdragon 625 protsessori hamda 3/4 GB operativ xotiraga bog‘liq. Har ikkala versiyada 32/64 GB doimiy xotiraga ega talqinlar mavjud.

Tab 4 8 Plus va 10 Plus planshetlarida barmoq izlari skaneri o‘rnatilgan. Plus-talqinlar ham yuqoridagi “kichik” veriyalarda mavjud akkumulyatorlarga ega. Ularni quvvatlashda USB-C portidan foydalaniladi.

Barcha lanshetlarda Kid’s Pack, ya’ni bolani tok kuchlanishlari, ekranning zararli nurlaridan himoya qiluvchi, qiziqarli maxsus tizimlar mavjud. Shu bilan birga, planshetlarda “ota-ona rejimi” ham o‘rnatilgan. Bunda foydalanuvchi bola ota-onasi ruxsat bergan saytlardangina foydalana oladi. “Qora ro‘yxat”dagi resurslarga kirish man etiladi.

Yana bir muhim jihati — Productivity Pack nomli paketning borligi. Uning tarkibida Bluetooth-klaviatura va eksklyuziv foydalanuvchi interfeysi mavjud. Bu paket orqali planshetda ilovalardan bir nechta alohida oynada tezkor foydalanish mumkin.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!