Lenovo Miix 520 noutbuki ustida ishlayapti

Lenovo Miix 520 noutbuki ustida ishlayapti

Phonearena nashrining WinFuture resursiga tayanib yozishicha,  Lenovo kompaniyasi 12,2 dyuymli gibrid Miix 510 modelining davomchisini tayyormoqda. Yangi qurilmaga Miix 520 nomi berilishi mumkin. Unga 12,3 dyuymli Full HD formatidagi ekran Kaby Lake seriyasidagi Intel protsessori o‘rnatiladi.

Noutbukning eng oddiy versiyasi Intel Core i3-6006U protsessori va 4 GB tezkor xotira bilan ta’minlanadi. Top versiyaga esa Intel Core i7-7500U chipi va 16 GB operativ xotira o‘rnatiladi. Shuningdek, 8 va 2 MPli kameralar ko‘zda tutiladi, noutbukning avtonom ishlash vaqti 10 soatni tashkil qilishi mumkin (Miix 510 8 soat ishlagan).

Miix 520 noutbuki 3 ta USB portga (1 ta USB 3.0 Type-A va 2 ta USB 3.1 ) ega bo‘ladi. Transformerning taxminiy qalinligi – 9 mm. Korpusi magniy-alyuminiy qorishmasidan ishlanadi.

Model 2017 yilning boshida CES ko‘rgazmasida namoyish etilishi kutilmoqda.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!