Lenovo Miix 720 gibrid plansheti Intel Kaby Lake bazasida ishlaydi

Lenovo Miix 720 gibrid plansheti Intel Kaby Lake bazasida ishlaydi

Lenovo kompaniyasi o‘zining o‘tgan yili chiqargan Lenovo Miix 700 planshetini almashtiradigan yangi model ustida ishlayapti. Ferra nashrining yozishicha, modelga Lenovo Miix 720 nomi beriladi. Yangilangan gibrid versiyasi yuqori aniqlikdagi ekran, muqova-klaviatura va USB Type-C porti bilan jihozlanadi. Biroq modelga o‘rnatiladigan tezkor Intel Core i7 Kaby Lake protsessori undagi eng ahamiyatli yangilik hisoblanadi.

Lenovo Miix 720 planshetiga 23 dyuymli aniqligi 2880 x 1920 piksel bo‘lgan displey, Core i3-7100U, Core i5-7200U va Core i7-7500U protsessorlari, 16 GBgacha operativ xotira va 1TB PCIe interfeysidagi doimiy xotira o‘rnatiladi.

Wi-Fi (802.11ac) va Bluetooth 4.1 modullarini qo‘llab-quvvatlaydi, unda USB 3.1 Type-C, USB 3.0 va USB 2.0 portlari ko‘zda tutilgan. Model shu oyda sotuvga chiqarilishi mumkin. Narxi hozircha ma’lum qilinmagan.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!