Lenovo Motorola brendidan voz kechadi

Lenovo Motorola brendidan voz kechadi

Lenovo kompaniyasi Motorola hamda Vibe brendi nomi ostida smartfonlar ishlab chiqarishni to‘xtatadi. Endi mazkur qurilmalar Lenovo moto nomi ostida ishlab chiqarila boshlaydi. Bu to‘g‘rida «Vedomosti» nashri Lenovo’ning Sharqiy Yevropa hududi bo‘yicha bo‘linmasidagi manbaaga asoslanib xabar bermoqda.

2014 yilda Lenovo kompaniyasi Google’dan Motorola Mobility bo‘limini 2,91 mlrd AQSh dollariga sotib olgan edi. Lenovo ayni kunda jahonning “4”-raqamli smartfonsozi hisoblanadi. Gartner tadqiqot kompaniyasining ma’lum qilishicha, kompaniya hozircha mahalliy Xitoy bozorida Huawei, Oppo kabi yetakchi “beshlik”ka ham kira olmagan. Lenovo 2016 yilning IV choragida 431,5 mln dona smartfon yetkazib bergan va bu avvalgi yilning shu davriga nisbatan 7%ga ko‘p demakdir.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!