Lenovo Tab 3 8 Plus planshetining texnik parametrlari ma’lum qilindi

Lenovo Tab 3 8 Plus planshetining texnik parametrlari ma’lum qilindi

Germaniyaning WinFuture resursi Lenovo Tab 3 8 Plus planshetining texnik parametrlari bilan bog‘liq tafsilotlar chop etdi. Android bazasida ishlaydigan mazkur planshet 2016 yilning fevral oyida taqdim etilgan Lenovo Tab 3 seriyasidagi gadjetlarga qaraganda bir muncha kuchli parametrlarga ega bo‘ladi.

Lenovo Tab 3 8 Plus modeliga 8 dyuymli IPS Full HD ekran, 8 MPli asosiy va 5 MPli old kamera, Qualcomm Snapdragon 625, 3 GB tezkor xotira va 16/32/64 versiyasidagi doimiy xotira o‘rnatiladi. Shuningdek, doimiy xotira sig‘imini microSD yordamida kengaytirish mumkin bo‘ladi.

Planshet sig‘imi 4300 mA/st bo‘lgan akkumulyatordan quvvatlanadi. U LTE tarmoq standartida ham ishlay oladi.

Hozircha planshetning sotuv chiqish sanasi va narxi borasida ma’lumot berilmagan.

 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.