Lenovo “Tab3” turkumidagi hamyonbop planshetlarni namoyish qildi

Lenovo “Tab3” turkumidagi hamyonbop planshetlarni namoyish qildi

Xitoyning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida muvaffaqiyatli kompaniyalaridan biri Lenovo boshlang‘ich darajali Tab3 7 hamda Tab3 8 planshetlarini namoyish qildi. Har ikkala planshet Android 6.0 Marshmallow operatsion tizimida faoliyat ko‘rsatadi.

Tab3 7 plansheti o‘z nomi bilan 7 dyuymli IPS-ekranga ega. Ekranning sig‘imi 1024 x 600 pikselga teng. Mazkur qurilma 4 yadro va 1 GGs chastotali MediaTek protsessori bilan “qurollantirilgan”.

Planshetning tezkor xotirasi 1 GB, ichki doimiy xotira esa 8/16 GB. Mobilb qurilmaning microSD bo‘lmachasi 32 GB.gacha bo‘lgan qo‘shimcha flesh xotiralarni qo‘llab-quvvatlaydi. Planshetda 5 MP bosh hamda 2 megapikselli qo‘shimcha kamera mavjud.

Tab3 7’ning akkumulyator sig‘imi 3450 mA soatga teng. Uning o‘lchamlari 191 x 100 x 8,8 mm. Planshet 260 gramm tosh bosadi. Gadjetda akselerometr sensor datchigi o‘rnatilgan.

Tab3 8 plansheti ham nomiga muvofiq 8 dyuymli ekranga ega bo‘lgan. Ekranning sig‘imi 1280 x 800 piksel. Planshet 1 GGs chastota tezligida ishlaydigan 4 yadroli MediaTek protsessorga, 1/2 GB operativ xotira, 16 GB doimiy xotiraga ega.

Planshetning 5 MP bosh hamda 2 MP old kameralari, 4290 mA soat sig‘imli akkumulyator batareyasi mavjud.

Planshet o‘lchamlari 210 x 125 x 8,9 mm bo‘lib, og‘irligi 329 gramm.

Lenovo’ning ushbu arzon planshetlari iyun oyidan boshlab sotuvga chiqariladi. postupyat v prodaju v iyune. Tab3 7’ning narxi $79 dollar, Tab3 8’ning narxi $99 dollar bo‘lishi ma’lum qilingan.