Lenovo virtual reallik garniturasini namoyish qildi

Lenovo virtual reallik garniturasini namoyish qildi

CES 2017 kzrgazmasi arafasida Xitoyning Lenovo kompaniyasi o‘z brendi ostida chiqarilgan ilk virtual reallik garniturasini taqdim etdi. Ushbu garnitura Windows operatsion tizimida ishlaydigan kompyuterlarda o‘ynaladigan o‘yinlar uchun mo‘ljallangan.

Ishlab chiqaruvchining qayd etishicha, mazkur garnitura 400 AQSh dollar narxida sotuvga chiqariladi va HTC Vive shlemidan taxminan ikki baravar arzon bo‘ladi.

Engadget saytining yozishicha, garnitura boshqa shlemlarga qaarganda bir muncha yengil vaznga ega (350 gr). U 1440-1440 piksel aniqlikdagi ikkita OLED displey va o‘yinda atrofdagi holatni kuzatishga xizmat qiladigan ikkita old kamera bilan jihozlangan.

Lenovo garnituraning sotuvga chiqish sanasini hozircha ma’lum qilmagan.