LG boshqaruvida rahbar o‘zgardi
LG Group kompaniyasining rahbari o‘zgardi. Shu yilning 29 iyun kunidan boshlab Ku Kvan-mo kompaniyaning direktorlar kengashi a’zosi hamda ijrochi direktori hisoblanadi.
LG kompaniyasi oilaviy konglomerat bo‘lib, kompaniyada to‘rtinchi bor avlodlar almashinuvi yuz berdi.
Ku Bon-mu 73 yoshida og‘ir xastalikdan vafot etgan. Uning o‘g‘li Ku Kvan-mo 2006 yilda LG Electronics moliyaviy jamoasiga qo‘shilgan edi. Ayni paytgacha Xolding aksiyalarining 6,24 foizi unga tegishli edi. Otasining aksiyalari (11,28 foiz) ham Ku Kvan-moga o‘tgach, u kompaniyaning eng yirik aksiyadoriga aylandi. Uning ukasi ayni damda kompaniyaning 7,72 foiz aksiyasiga egalik qilib turibdi.