LG CES 2017 ko‘rgazmasida “oboy” televizorlarni ko‘rsatadi

LG CES 2017 ko‘rgazmasida “oboy” televizorlarni ko‘rsatadi

Janubiy Koreyaning LG kompaniyasi bir necha kundan keyin AQShda bo‘lib ztishi kutilayotgan CES 2017 ko‘rgazmasida yupqa ekranli OLED televizorlarni taqdim etadi, deb yozmoqda IXBT nashri. Ushbu televizorlar noodatiy shaklda ishlangan bo‘lib, devorga magnitlar yordamida mahkamlanadi. Bunday qurilmaning prototipi 2015 yilning may oyida tanishtirilgan edi.

O‘shanda 55 dyuymli prototipning og‘irligi bor-yo‘g‘i 1,9 kilogrammni tashkil qilgan, panelning yupqaligi esa bir millimetr atrofida bo‘lgan.

Ushbu formatdagi 65 yoki 77 dyuymli OLEDW7 seriyasiga kiruvchi televizorlar katta ehtimol bilan shu yilda sotuvga chiqariladi. Ushbu televizorlarning barcha yangi parametrlari bilan tez orada tanishamiz.