LG G5 gadjeti Samsung’ni “sindirmoqchi”

LG G5 gadjeti Samsung’ni “sindirmoqchi”

LG Barselonada o‘tadigan Jahon mobil kongressida ishtirok etish uchun taklifnoma olgan. Shuningdek, kompaniya vakillari ham LG’ning ushbu tadbirda yangi flagmanni taqdim etishini xabar qilishgan.

“Bu yil boshqacha bo‘ladi. LG Electronics raqobatda Samsung’ni sindirishga tayyor,” deydi LG vakili.

Hozir esa e’tiboringizga mazkur gadjetlar haqida internet nashrlarida e’lon qilingan maqolalar asosida tayyorlangan, ularni taqqoslash imkonini beruvchi ma’lumotlarni taqdim qilamiz.

Protsessor va Tezkor xotira

Samsung Galaxy S6 qurilmasida Exynos protsessori bilan ta’minlanishi haqida gap-so‘zlar yuribdi. Lekin, ikkala qurilmaning ham Qualcomm Snapdragon 820 protsessoriga ega bo‘lishi haqiqatga yaqinroq. Ikkala apparat ham 4GB tezkor xotira bilan ishlaydi.

Qo‘shimcha xotira masalasida Qurilmalarning 32GB, 64GB and 128GB qo‘shimcha xotiraga ega talqinlari ishlab chiqariladi.  LG G4 kabi LG G5 ham microSD chipi 2 terabaytgacha ma’lumotni o‘qish imkoniga ega bo‘ladi.

Ammo, Galaxy S6’ning qo‘shimcha xotirasi ajralmas bo‘lishi mumkin. Ya’ni, unga foydalanuvchi mustaqil ravishda qo‘shimcha xotira o‘rnata olmaydi. Ba’zi ekspertlar ayni shu masalada kompaniyaning pand yegani, yangi qurilmada microSD chipi bo‘lishini ham aytishgan.

Kamera va tasvir

Fikr-mulohazalarga ko‘ra, raqobat masalasida Galaxy S7 o‘zining 2,560 x 1,440 piksel sig‘imiga ega 5.1 dyuymli displeyi bilan 5.5 yoki 5.6 dyuymli, 4K texnologiyasiga asoslangan, 3,840 x 2,160 piksel sig‘imiga ega displeyli LG G5’ga yutqazib qo‘yishi ham mumkin.

Kamera masalasida LG G5 20 MP orqa kameraga, ehtimol oldida qo‘shkameraga ega bo‘ladi.

Galaxy S7 12MP kameraga ega bo‘lishi mumkin. Galaxy S6’da 16MP kameradan foydalanilgan edi. Har ikkala qurilma kamerasida zamonaviy imkoniyat hisoblangan optik barqarorlik funksiyasi bo‘ladi.

Akkumulyator

Galaxy S7 3.000 mAs tok quvvatiga ega bo‘luvchi quvvat toshini olsa, LG G5’ning akkmulyatori 4.000 mAs bo‘lishi mumkin.

Operatsion tizim

Har ikkala mobil aloqa vositalari Android 6.0 Marshmallow operatsion tizimida ishlaydi.

Himoya tizimi

Na Galaxy S6’da yoki LG G4’da barmoq izlari yoki ko‘z skaneri texnologiyasidan foydalanilmagan edi. Tasdiqlanmagan xabarlarda Galaxy S7’ning barmoq izlari va ko‘z qorachig‘i skaneri texnologiyasiga ega bo‘lishi aytilgan.

Bu haqiqatga yaqin bo‘lishi mumkin. Boisi bir muddat avval LG’ning Koreyaning ko‘z skaneri texnologiyasini rivojlantirayotgan taniqli IRIENCE kompaniyasi bilan hamkorlik qilayotgani aytilgan edi. Demak, LG G5 telefonida o‘z foydalanuvchisining ko‘zini 50 sm uzoqlikdan turib tanish qobiliyati bo‘ladi. Shuningdek, bu qurilma tizimiga kirish uchun barmoq izlari skaneridan ham o‘tish talab qilinishi kutilmoqda.

Mutaxassislar fikricha, LG G5 hamda Galaxy S7 har tomonlama jozibador va imkoniyatlari keng qurilmalar. Biroq, 4K texnologiyasi, qo‘shimcha xotiraning kattaligi, quvvat sig‘imi  LG G5’ga “jang”da Galaxy S7’dan ustun kelish imkonini berishi mumkin.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!