LG G5 modelining omadsizligi kompaniyaga 67 mln dollarga tushdi

LG G5 modelining omadsizligi kompaniyaga 67 mln dollarga tushdi

Yaqinda Korea Herald nashri LG  kompaniyasining navbatdagi flagmani LG G6 haqida ba’zi tafsilotlarni e’lon qildi. Shu bilan birga, mazkur nashr LG firmasining joriy flagmani LG G5 modelining kutilgan natijani qayd etmagani va savdodagi omadsizlik kompaniyaga hozirgacha 67 mln dollar zarar keltirgani haqida ham xabar bergan. Hatto LG mazkur smartfonni yaratishda qatnashgan bir qator mutaxassislarni ishdan bo‘shatishga ham qaror qilgan.

LG G5 modelining muvaffaqiyatsizligi ishlab chiqaruvchini LG G6 smartfoniga yanada ko‘proq e’tibor ajratishga undamoqda. Xususan, koreys nashrlarida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, LG G6 flagmani LG Pay servisi ishlaydigan birinchi smartfon bo‘lishi, shuningdek, u yechiladigan batareya va ko‘z yoy skaneri bilan jihozlanishi ma’lum qilingan.