LG G6 flagmani rasman taqdim qilindi

LG G6 flagmani rasman taqdim qilindi

MWC 2017 ko‘rgazmasida taqdim etilishi kutilgan muhim flagmanlardan biri bo‘lmish LG G6 smartfoni rasman taqdim etildi. LG G6 ekrani atrofi yupqa ramka bilan o‘ralgan. Ekran chetidagi yupqa ramkalarining qalinligi 7,5 mm. Uning old shisha paneli Gorilla Glass 5 himoya shishasi bilan qoplangan.

Kutilganidek, uning old panelida an’anaviy “Home” moddiy tugmasi mavjud emas. LG G5 qo‘sh ob’yektivli bosh kamera bilan “qurollantirilgan”.

Old panelning 90% qismi ekrandan iborat. Bu iPhone 7, Samsung Galaxy S7 va boshqa raqiblarnikidan ham kattaroq degani. Ekranning tomonlar nisbati 18:9’ni tashkil qiladi. Dolby Vision va HDR 10 vizual texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydigan LG G6’ning tasvir va ovozni yanada professional uzatishi ma’lum qilindi.

Displey burchaklari silliq va qayrilma ko‘rinishda. Bu esa dizaynning yanada bejirim bo‘lishiga hissa qo‘shgan. Barmoq izlari skaneri korpusning orqa paneliga joylashtirilgan.

LG G6 flagmani Snapdragon 821 protsessori bilan ta’min qilingan. Ko‘pchilik insayderlar unda nisbatan ilg‘or Snapdragon 835’ning bo‘lishini taxmin qilishgan edi. Qualcomm kompaniyasi Galaxy S8 va S8 Plus taqdimotiga qadar mazkur turdagi protsessorlarni faqatgina Samsung uchun yetkazib berishini ma’lum qilgan edi.

Yana bir qiziq jihati shundaki, LG G6 korpusi ichidagi iqlimni salqinlatib urish uchun maxsus mis quvurdan foydalaniladi. U korpus ichida haroratni 6-10%ga pasaytirib turadi.

Flagman bosh kamerasi qo‘sh ko‘rinishda. Ularning har ikkalasiga 13 MP sig‘imli sensor o‘rnatilgan. Bu modullardan biri 125 gradusli burchak ostida suratga oladi va uning yorug‘lik o‘tkazuvchi optik priborining hajmi f/2.5 (juda yuqori va yaxshi), ikkinchi ob’yektiv esa 71 gradusda suratga oladi unig aperturasi f/1.8. Qo‘sh kameralar o‘rtasida ikkita fotochaqnoq o‘rnatilgan. Kamera tizimi optik barqarorlashtirish funksiyasi bilan ta’minlangan.

Smartfonning yana bir ilg‘or jihati — u  Google Pixel “aqqli telefoni”dan so‘ng Google Assistant tizimiga ega jahondagi ikkinchi smartfon bo‘ldi. Google Assistant (Google Assistent) — aqlli personal yordamchi bo‘lib, Google kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilib, 2016 yil mayida taqdim qilingan edi. Unga ovozli topshiriqlar berish, ikki tomonlama suhbat qurish, ma’lumotlar olish, aqlli qurilmalarni boshqarish mumkin. Misol uchun, tizim biror manzilga borish haqida ma’lumotlarni aytishi mumkin.

 

Aytib o‘tish joizki, mart oyidan boshlab sotilishi reja qilingan LG G6 bir necha talqinlarda bozorga chiqadi. Osiyo smartfon bozori uchun chiqariladigan talqin raqamli-analog tarjimon — Hi-Fi Quad DAC texnologiyasiga ega bo‘ladi. Bu esa uning akustik imkoniyatlarini oshiradi. Uning Amerika uchun ishlab chiqariladigan talqini esa simsiz quvvatlash tizimiga ega bo‘ladi.

LG G6 texnik tavsiflar:
Protsessor: Snapdragon 821
Operativ xotira: 4 GB
Ichki xotira: 32/64 GB
microSD xotira bo‘lmachasi: bor
Ekran hajmi: 5,7 dyuym, IPS LCD FullVision,

Piksel sig‘imi: QuadHD+ (1440 x 2880 belgi), har dyuymda 564 ppi
Bosh kamera: ikkita, 13 + 13 MP
Old kamera: 5 MP, ko‘rish burchagi 100 gradusov
Akkumulyator: 3300 mA soat, tezkor quvvatlash — Quick Charge 3.0
Kommunikatsiya: USB Type-C, 4G LTE, Wi-Fi (802.11 ac), Bluetooth 4.2 LE, GPS, NFC texnologiyasi
Korpus: metall, chang va suv ta’siriga bardoshli (IP68 standarti)
Ranglari: oq, qora, kumush rang
Operatsion tizim: Android 7.0’ning LG UX talqini (Android 7.1), Google Assistant yordamchisi.
O‘lchamlari: 148,9 x 71,9 x 7,9 mm
Vazni: 163 gramm.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.