LG G6 flagmaniga tegishli ilk foto-render e’lon qilindi

LG G6 flagmaniga tegishli ilk foto-render e’lon qilindi

So‘nggi vaqtlarda jahonning yirik smartfon ishlab chiqaruvchilariga tegishli navbatdagi flagman smartfonlar haqida yangidn-yangi tafsilotlar e’lon qilinmoqda.

Bugun taniqli Android Authority resursida LG kompaniyasining keyingi flagmani  LG G6 modeliga qarashli ilk foto-rendarlar paydo bo‘ldi. Renderdan xulosa qilinadigan bo‘lsa, LG G6 tashqi tomondan juda ham LG G5 flagmaniga o‘xshab ketadi. Uning korpusi LG G5 modelidan biroq yupqa bo‘lishi kutilmoqda.

Hozircha LG G6 joriy flagman singari modulli dizaynda yaratiladimi-yo‘qmi – noma’lum. Texnik parametrlarga kelsak, yangi flagmanga 5,2 yoki 5,5 dyuymli Quad HD (2560 x 1440 piksel) formatidagi displey, Qualcomm Snapdragon 821 yoki Snapdragon 830 protsessori, 4/6 GB operativ xotira va xuddi LG V20 modelidagi kabi qo‘sh kamera o‘rnatilishi mumkin.

LG G6 2017 yilning fevral yoki mart oylarida namoyish etilishi kutilmoqda.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.