LG G6 “orqa-oldin” kamera funksiyasiga ega

LG G6 “orqa-oldin” kamera funksiyasiga ega

Ehtimol, Frontback ilovasidan foydalangandirsiz. Ushbu mobil ilova old va orqa kamerlarni bir vaqtda ishga tushirib, atrofni to‘liq formatda suratga oladi. LG ushbu funksiyani kamera tizimiga joylab, uni “Match Shot” deb nomladi. Endi uning yordamida selfi va orqa kamera qarab turgan tomonni yagona suratga joylash mumkin.

Bu o‘ziga xos jihat, ayniqsa yanada keng va yuqori sig‘imli LG G6’ning ekrani uchun ayni muddao. Kompaniya flagmanga “Square Camera” ilovasini ham o‘rnatgan. “Match Shot” tizimi va bu ilova orqali keng maydonlarni suratga olish chog‘ida ekran ostidagi vizir sizga tasvir holatini to‘liq formatda namoyish qilib turadi.

Eslatib o‘tamiz, yangi LG G6 flagmani bugun, 26 fevral kuni Barselonada taqdim etildi.

Smartfon haqida batafsil o‘qing:

LG G6 flagmani rasman taqdim qilindi

 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!