LG G6 taqdimot sanasi ma’lum qilindi

LG G6 taqdimot sanasi ma’lum qilindi

Janubiy Koreyaning LG kompaniyasi yangi smartfon anonsiga bag‘ishlangan yangi tizerni e’lon qildi. Tizerda “See More, Play More” (Ko‘proq ko‘r va o‘yna) yozuvi va 26 fevral, Barselona singari yozuvlar keltirilgan.

Garchi kompaniya ushbu sanada MWC 2017 ko‘rgazmasi doirasida  qaysi modelni taqdim etishiga aniqlik kiritmagan bo‘lsa-da, insayderlar unda gap aynan LG G6 haqida borayotganiga shubha qilishmayapti. Yangi flagman LG G5 smartfonidan farqli ravishda modulli formatda bo‘lmaydi. Shuningdek, u suv va changdan himoyalangan korpus bilan jihozlanadi.

LG G6 modelida 3,5 millimetrli audioslot saqlab qolinadi, unga barmoq izi skaneri, 5,7 dyuymli Quad HD aniqligidagi LCD ekran o‘rnatiladi (nisbati 18:9).

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!