LG G7 ThinQ kameralariga baho berildi

  •   Saroy
  •  1052
  •  19.10.2018 15:52

LG G7 ThinQ kameralariga baho berildi

Kameralarni bir-biriga taqqoslash bilan shug‘ullanadigan mashhur DxOMark  servisiga egalik qiluvchi DxO Labs kompaniyasi LG G7 ThinQ smartfoniga hamda sun’iy intellekti bo‘lgan kameralariga sharh berdi.

LG G7 ThinQ kamerasi unchalik ko‘p ball ololmadi, bor-yo‘g‘i  83 ball, bu esa uni o‘tgan yilgi flagmanlar bilan bir qatorga qo‘yadi. Hozirda u eng zo‘r kameralar bo‘yicha DxOMark versiyasida kuchli o‘nlikka ham kirolmadi.

O‘QING:Besh kamerali LG V40 ThinQ taqdim etildi: 900 dollarlik mustahkam smartfon!

Ekspertlar kameraning nur berishi sezilarli ravishda yaxshilanganini aytishmoqda.  Suratga olish rejimida smartfon 84 ball oldi. Shuningdek apparat dinamik diapazonda ham o‘zini yaxshi ko‘rsatdi. Videoga olish bo‘yicha esa  79 ball to‘pladi. Ko‘p hollarda suratga olishda kamera ekspozitsiyani, ranglar muvozanatini yaxshi oladi. Avtofokus  samaradorligining pastligi ballar miqdoriga salbiy ta’sir qildi. Avtofokus ochiq havoda har doim ham ishlab ketavermaydi va kuzatish funksiyasiga ham ega emas.

O‘QING:LG V40 ThinQ smartfonining to‘rttala kamerasiga ta’rif berildi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!