LG K seriyasidagi yangi smartfonlarni CES 2017 ko‘rgazmasida taqdim etadi

LG K seriyasidagi yangi smartfonlarni CES 2017 ko‘rgazmasida taqdim etadi

Joriy yilning 4 yanvar kuni AQShda o‘tkazilgan CES 2016 ko‘rgazmasida Janubiy Koreyaning LG kompaniyasi  K seriyasidagi hamyonbop modellarni omma e’tiboriga havola etgan edi. Mazkur seriyada  K4, K5, K7, K8 va K10 modelidagi smartfonlar o‘rin olgan. Kelgusi yanvar oyida o‘tkaziladigan navbatdagi CES 2017 ko‘rgazmasida esa LG K seriyasidagi yangi modellarni namoyish qiladi, deb yozmoqda Mobiltelefon nashri.

LG bu gal yangi modellarga yangicha nom qidirib o‘tirmadi. U xuddi hamyurti Samsung singari muayyan harflar bilan ataladigan smartfonlarga shunchaki yil belgisini qo‘shadi, xolos. Jumladan, nashrning ma’lum qilishicha, Rossiyaning mobil telefonlarni akkreditatsiya qilish markazining bazasida LG K10 (2017) nomli smartfon qayd etilgan.

Hozircha modelning texnik parametrlari oshkor etilmagan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!