LG kompaniyasi hozirgina G6'ning hamyonbop versiyasini taqdim qildi

LG kompaniyasi hozirgina G6'ning hamyonbop versiyasini taqdim qildi

LG kompaniyasi bugun "Q" turkumiga kiruvchi 3 ta -- LG Q6, Q6+ hamda  Q6α smartfonlarini taqdim qildi. 5.5 dyuymli bu smartfonlarga LG G6 kabi FullVision (ya’ni, tomonlar nisbati 18:9 hajmli) ilg‘or displey o‘rnatilgan. LG kompaniyasining ma’lum qilishicha, bu smartfonlar o‘rta narxli bo‘lsa ham, o‘zida qimmatbaho flagman smartfonlarning jihatlarini jam qilgan. Ya’ni, ular G6 flagmanining "mini" talqini hisoblanadi.

LG Q6α modeli mazkur turkumning "kenjasi", LG Q6 – "o‘rtanchasi", va LG Q6+ – "to‘ng‘ichi"dir. starshey. Bu modellar o‘rtasidagi yagona farq -- tezkor va doimiy xotira sig‘imining katta-kichikligidadir.

Ya’ni, to‘ng‘ich model -- LG Q6α 2 GB tezkor va 16 GB doimiy, LG Q6 – 3 GB tezkor va 32 GB doimiy, LG Q6+ – 4 GB tezkor va 64 GB doimiy xotiraga ega bo‘lgan. Smartfonlar Android 7.1.1 Nougat operatsion tizimi boshqaruvida faoliyat ko‘rsatadi.


LG Q6a

Ular dizayniga ko‘ra,  LG G6 bilan bir xil. Faqat bosh kamera bir ob’yektivli. FullVision texnologiyasiga ega yorqin displey atrofi ham o‘ta yupqa rom bilan o‘rab olingan.

Smartfonlarga hamyonbop smartfonlar o‘rtasida ommalashgan bir kristalli hamda 8 yadroli Snapdragon 435 protsessor platformasi, Adreno 505 video-kartasi, diagonali 5,5 dyuym va sig‘imi 2160x1080 pikselli displey, elektr sig‘imi 3000 mA·soat bo‘lgan akkumulyator o‘rnatilgan. Full HD+ sig‘imli displeyning har dyuymiga 442 ta piksel to‘g‘ri kelishi -- qoyilmaqom!


LG Q6 Plus

Smartfonlar aloqaning Wi-Fi 802.11n va Bluetooth 4.2, LTE  standartlarini qo‘llab-quvvatlaydi.










LG Q6

Kompaniya bu turkumdagi smartfonlarga 13 megapikselli bosh va 5 megapikselli old kamera o‘rnatgan. Old kamera 100 daraja burchak ostida surat oladi.

LG Q6, Q6+ va Q6α korpusi va romlari 7000 seriyaga kiruvchi toza alyuminiy qotishmasidan tayyorlangan. Shuningdek, LG Q6 smartfonlari barmoq izlari skaneriga ega bo‘lmagan bo‘lishsa ham, ilg‘or biometrik tasdiqlash tizimi bilan ham maqtana oladilar. Ya’ni, ular ham LG G6 kabi, foydalanuvchi qiyofasini tekshiruvdan o‘tkazib, so‘ng tizimni blokirovkadan chiqaradi.

O‘lchamlari — 142,5 × 69,3 × 8,1 mm.

Vazni — 149 gramm.

LG Q6 smartfonlari jahon smartfon bozorlariga avgust oyida chiqariladi. Smartfonlarning o‘rtacha 300 AQSh dollaridan boshlab sotilishi kutilmoqda.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!