LG kompaniyasi iPhone X’dan ham qimmat premium-smartfon chiqardi

  •   DiMaX
  •  2038
  •  09.12.2017 11:35

LG kompaniyasi iPhone X’dan ham qimmat premium-smartfon chiqardi

Yaqinda Xiaomi kompaniyasi o‘zining Mi Mix 2 flagmanining premium varianti – to‘liq keramik korpusdagi modifikatsiyasini savdoga chiqargan edi. Endi LG Electronics ham undan o‘rnak olib, LG V30 smartfonining «Signature Edition» variantini taqdim etdi. Bu haqda AndroidAuthority nashri xabar bergan.

O‘QING: 8 GB «operativka»li premium Xiaomi Mi Mix 2 sotuvga chiqdi

Xabarga ko‘ra, LG V30 Signature Edition talqini dastlab faqat Koreya bozori uchun taqdim etiladi. Mazkur premium qurilma cheklangan miqdorda ishlab chiqariladi va narxi ham taxminan 2000 AQSh dollari miqdorida bo‘ladi.

Mazkur premium-smartfon texnik jihatdan oddiy LG V30 flagmanidan aytarli farq qilmaydi. Asosiy farqlari quyidagilardir: korpusi to‘liq keramikadan yasalgan; tezkor xotirasi standart talqinidagidek 4 emas, balki 6 gigabaytli; doimiy xotira esa 64 yoki 128 emas, balki 256 gigabayt hajmga ega; operatsion tizimi Android 8.0 Oreo talqinida (standart versiyada – Android 7.1.2 Nougat).

O‘QING: Ilg‘or LG V30 taqdim qilindi: Note 8'dan 500 dollar arzon

Bulardan tashqari, LG V30 Signature Edition jamlanmasida ham o‘zgarish bor. Ishlab chiqaruvchi tarixda birinchi marta smartfon bilan birga uning qutisiga bitta emas, ikkita Bang & Olufsen garniturasini solib chiqaradi. Jamlanmaning o‘zida ham simli, ham simsiz quloqchinning bo‘lishi har qanday iste’molchiniyam xursand qilishi aniq.

Aytilishicha, LG V30 Signature Edition premium-smartfoni Janubiy Koreya hududida taxminan 27 dekabrdan savdoga chiqariladi. Bu modeldan atigi 300 dona chiqarilganligi uning eksklyuzivligini yanada oshiradi. Ularning barchasi faqatgina ishlab chiqaruvchining o‘z firma do‘konlari orqali sotiladi.

O‘QING: Ikkita iPhone X narxidagi Samsung W2018: qo‘sh ekranli premium «raskladushka» rasman taqdim etildi (+video)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!