LG V10 tavsifi: ikkita ekran, ikkita selfi-kamera

LG V10 tavsifi: ikkita ekran, ikkita selfi-kamera

LG kompaniyasi ham barcha ishlab chiqaruvchilar qatori bugungi kuchli raqobat sharoitida xaridorlarni hayron qilishga intilmoqda. LG V10 flagmenini ana shunday urinishlar mahsuli, deyish mumkin. Keling, o‘ziga xos yangiliklarga “qo‘l urilgan” smartfon bilan tanishib chiqamiz.

Bir smartfonga ikki displey

LG V10 smartfonining asosiy ekrani ostida yana bir qo‘shimcha kichik ekran joylashtirilgan. Ekran “qulflangan” chog‘da, ikkinchisi ishga tushadi. Qo‘shimcha ekranda eslatmalar (vaqt, sana, taqvim eslatmalari, SMSlar va h.) aks etadi. O‘ng tomonidagi svayp tezkor menyuni ochadi va shu orqali chiroq hamda kamerani yoqish mumkin. Ikkinchi ekranning ko‘rinishi o‘zgacha bo‘lsa-da, olamshumul innovatsiya deb bo‘lmaydi. Qo‘shimcha ekransiz ham bemalol “yashash mumkin”.

LG V10 – yirik smartfon. Asosiy displey o‘lchami– 5,7 dyuym. Ekran foydalanuvchiga tiniq va detallashtirilgan tasvir ko‘rish imkonini beradi. Ko‘rsatish qobiliyati 2560x1440 nuqta va 1920x1080 o‘lchamda. Shu o‘rinda qayd etish kerakki, bunday yirik ekran akkumulyatorga ko‘p “mehnat yuklaydi”.

Panoramali selfi

Qurilmada ikkita selfi-kamera mavjud. Nega? Chunki biri bilan oddiy, to‘g‘ridan-to‘g‘ri selfi, ikkinichisi bilan panoramali selfi tushirish mumkin. Bu rang-baranglik nafaqat “selfiman”lar, balki barcha foydalanuvchilar uchun ham qiziq, albatta.

Ikkala modul ham 5 megapiksel. Faqat birinchisida oddiy ob’yektiv (80°), ikkinichisi esa kengxajmli(120°).

Universal kamera

Asosiy kamera avtomatik rejimda ham juda yaxshi suratga oladi. Maxsus lazer tizim ko‘magida tez va aniq tarzda fokusni to‘g‘rilash mumkin. Qolaversa, LG V10 smartfoni kamerasida 4K UHD tiniqligida video tasvirga olish mumkin.

Suratga olish paytida ob’yektni juda yaqinlashtirish imkoni mavjud. Shu holatda olingan natija qoniqarli.

To‘g‘ri, ba’zida kadrlar bir oz sarg‘ayadi, 16-megapiksel fotografiyalar to‘liq xajmda ko‘rilganda, chetlarida ayrim “buzilish”larni uchratish mumkin.

Tungi avtomatika rejimidagi tasvirlarda “sarg‘ayish” aniq ko‘rinadi, ortiqcha shumlar ham eshitiladi.

Kamerada olingan suratlar

Quvvat masalasi qanday?

Yirik ekranga ega smartfonlarda quvvat doimiy dolzarb mavzu. V10 smartfoni bu borada qanday imkoniyatga ega? Aralash rejimda foydalanilganda quvvati 9 soatga yetadi. Uni sinab ko‘rish uchun 100 ga yaqin fotosuratlar, bir necha videolar olindi, 7 daqiqa muloqot qilindi, brauzerdan Facebook “varaqlandi”, xatlarga javob berildi, messenjerda yozishimalar olib borildi va 45 daqiqa serial tomosha qilindi. Intensiv ravishdagi shu kabi ishlar uchun apparat quvvati 12-14 soat “turib berdi”.

LG V10 smartfonining to‘liq quvvatga ega akkumulyatori bilan 6 soat maksimal tezlikdagi Full HD video ko‘rish yoki 3,5-4 soat mobil o‘yinlar o‘ynash mumkin.

Biroq Samsung Galaxy Note 5`ning huddi shunday 3000 mAs akkumulyatori bilan 10 soat video tomosha qilish mumkin. Bundan anglashiladiki, LG da yana optimizatsiya bilan bog‘liq muammo mavjud. Samsung`ga esa AMOLED tejamkorlik bergan.

Lekin uning o‘ziga xos tomoni shundaki, LG V10 akkumulyatori o‘rnatma. Bu esa bizga akkumulyatorni arzonga ta’mirlatish yoki doimiy almashtirib yurish imkonini beradi.

“Ichi”da qanday ob-havo?

LG dasturchilari smartfonga Qualcomm Snapdragon 810 “top” chipini ma’qul ko‘rishmadi va 1,8 GGs takt chastotali, olti yadroli Snapdragon 808ni o‘rnatishdi. U bilan eng talabchan Android-o‘yinlarni ham bemalol o‘ynash mumkin va qizib ketmaydi.

Turli “qotib qolishlar” va “og‘irlashish”lar ham yo‘q. Sababi, kuchli protsessorgina emas, balki apparatdagi 4 GB tezkor xotiradir. O‘rnatma xotira 64 GB da “to‘xtagan”, lekin microSD kartasi yordamida 128 GB gacha kengaytirish imkoni bor.

Apparatning yana bir “fishka”si—ovoz. Ichiga Sabre kompaniyasining 32 bitli raqamli-analogli ovoz o‘zgartuvchi qurilmasi o‘rnatilgani sabab, karnayda ham, quloqchinda ham tovush juda sifatli.

Dizayn

Tan olish kerak, LG V10 juda chiroyli dizaynga ega. Rasmlarini ko‘rib ham baho berish mumkin. Tanlov imkoni ham yetarlicha. Nafaqat metalli, balki mayin, yaltirmaydigan plastikli variantlari ham bor. Korpusi yirik bo‘lsa-da, did bilan jilo berilgan.

Xulosa

Qaerdan sotib olish mumkin?

www.olx.uz $475 Sotib olish

 Afzalligi

 Kamchiligi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!