LG V40: 5 kamerali flagman dizayni qanday bo‘lishi kerak?

  •   Saroy
  •  1430
  •  28.08.2018 14:27

LG V40: 5 kamerali flagman dizayni qanday bo‘lishi kerak?

Mish-mishlarga qaraganda, Berlinda bo‘lib o‘tadigan  IFA 2018 xalqaro ko‘rgazmasida LG o‘zining yangi flagmanini namoyish etadi. Ekspertlar qurilmaning eng asosiy jihati, uning naq  beshta kameraga egaligida, deyishmoqda. Uchtasi asosiy va ikkitasi old kamera. Taniqli insayder @OnLeaks va  SlashLeaks sayti hamkorlikda smartfonning tasvirini ommaga e’lon qildi.

LG V40 dizayni uchtalik kamera modeli va ekrandagi “qoshi”ni hisobga olmasa avvalgi V35 modelini takrorlagan. Bu shishali orqa qopqoq va oldida kichik rom. Barmoq izlari skaneri orqada kamera ostida qoldirilgan.

O‘QING:LG V30 smartfoni tig‘ va olov sinovida! (video)

Bungacha uchtalik asosiy kamera Huawei P20 Pro’da bor edi, lekin LG V40’da u boshqa tamoyilda ishlaydi. Birinchi kamera odatdagi obzor burchakli ob’yektga ega, ikkinchisi — kengburchakli, uchunchi kameraning vazifasi nimadan iborat ekani hozircha aytilmayapti. Ikkitalik old kamera ham turli selfilar qilishda asqotadi va yuzni tanish funksiyasiga ega.

LG V40  Snapdragon 845 protsessorida ishlaydi, ammo qolgan jihatlari sir tutilmoqda, hatto flagmanning narxini ham hech kim bilmaydi.

Ajablanarlisi shundaki, bundan avvalgi LG V35 modeli may oyida namoyish etilgan edi, mana uch oy o‘tib yangi V40 chiqarilyapti. Savol tug‘iladi — yangilangan flagman nimasi bilan xaridorlarni hayratga solarkan. Kutaylikchi, Berlinda bo‘lib o‘tadigan IFA 2018  ko‘rgazmasida hammasi oydinlashadi.  

O‘QING:Eng yaxshi surat oluvchi kamerafonlar, ularning yurtimizdagi narxlari – Top-7

 

 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!