Linux uchun eng yaxshi va kerakli dasturiy ta’minotlar

Linux uchun eng yaxshi va kerakli dasturiy ta’minotlar

Bugungi maqolamizda Linux Ubuntu uchun eng yaxshi va kerakli bo‘lgan dasturlar haqida so‘z yuritamiz. Ya’ni bular: ofis paketi LibreOffice, audiopleyer Foobnix, grafik tahrirlovchi mtPaint, mediapleyer VLC.

Linux OT  da internetdan foydalanish uchun qaysi brauzerlardan foydalanish mumkin?

Linux OT da internetdan foydalanish uchun Chrome, Firefox, Opera kabi mashhur brauzerlardan to‘liq holda foydalanishingiz mumkin.

Ofis paketi LibreOffice

LibreOffice — Openoffice.org tomonidan taqdim etiladigan eng yaxshi va bepul ofis paketi hisoblanadi. Uning matn muharririda Writer, jadval protsessori Calc hamda taqdimotlar yaratish uchun dastur Impress va boshqa komponentlar mavjud.

Bundan tashqari ofis paketida ko‘plab imkoniyatlar va qulayliklar mavjud. Balki kamchiliklar ham bo‘lishi mumkin.

Audiopleyer Foobnix

Foobnix — Linux uchun audiopleyer hisoblanadi (Rhythmbox, Amarok, Audacious, Clementine, Decibel). Ushbu audiopleyer orqali kompyuter qattiq diksidagi musiqalarni va internet orqali radiostansiyalarni (Vkontakte) tinglashingiz mumkin.

Foobnix’da internet radiostansiyalarni yozib olish, Vkontaktedan esa musiqalarni ko‘chirib olish mumkin. Dasturning yana bir yaxshi tomoni protsessorga minimal holda yuklanadi. Shunday audiopleyerlar ham borki, ular ishga tushirilganda protsessorga 10-20% li yuklanma tushadi.

Grafik tahrirlovchi mtPaint

Ushbu dastur grafika bilan ishlash uchun ko‘plab imkoniyatlarni o‘zida jalb qilgan.

Mediapleyer VLC

Ushbu dastur orqali Linux operatsion tizimida video fayllarni tomosho qilishingiz mumkin. Mediapleyer ko‘plab imkoniyatlarga ega, batafsil ma’lumotlar bilan dasturning rasmiy veb-saytida tanishishingiz mumkin.

Wine — exe fayllarni ishga tushirish

Windows OT’ga mo‘ljallangan exe kengaytmali fayllarni Wine dasturi orqali Linux OT’da ishga tushirish imkoniyati mavjud. Bu borada batafsil ma’lumotlarni hamda savollaringizga javobni dasturning rasmiy veb-saytidan olishingiz mumkin.

Bular Linux OT uchun eng yaxshi va kerakli dasturlarning hammasi emas. Biz faqat ulardan qisqacha misol keltirdik.

Manba: Soft.zn.uz

 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!