Lionel Messi yangi smartfon brendini reklama qilmoqda

Lionel Messi yangi smartfon brendini reklama qilmoqda

Shveysariyaning Sirin Labs kompaniyasi 2017 yilning dekabrida $157,9 mln dollarlik mablag‘ bilan kriptovalyutani rivojlantirayotgan jahonning eng yirik loyihalari "beshligi"dan o‘rin egallagan edi.

Bu mablag‘ning bir nechta kriptovalyuta ishlab chiqarishga mo‘ljallangan qurilmalar yaratishga yo‘naltirilishi belgilangan. Misol uchun, Finney nomi ostida maxsus operatsion tizimlar, kriptosmartfonlar hamda personal kompyuterlar ishlab chiqariladi.

Ma’lum qilinishicha, kompaniya bugungacha o‘zi ishlab chiqarishni reja qilgan kriptosmartfon ishlab chiqarish uchun 25 mingdan ziyod buyurtma olgan.

Kriptosmartfonni ishlab chiqarishdan ko‘zlangan maqsad — ma’lumotlar xavfsizligi va ishonchliligini ta’minlash. Sababi, bugungi mobil operatsion tizimlar mobil aloqa foydalanuvchisi to‘g‘risida haddan tashqari ko‘p ma’lumotlar to‘playdi. Shu bilan birga, bunday smartfonlarda kriptovalyuta ilovalaridan foydalanish va virtual pullar ishlab chiqarishga mo‘ljallangan ilovalarni ham maqbullashtirish reja qilingan.

Finney kriptosmartfonida Status ilovasi bo‘ladi. Uning yordamida virtual pullar tayyorlashda ishtirok etish va ularni sotish mumkin.

«Sirin Labs kompaniyasiga qarashli Sirin operatsion tizimi ochiq kodli ilovalardan iborat bo‘ladi. Android tizimi bilan solishtirganda, bu tizim yuqori darajada himoyalangan va kriptografik yadroga ega bo‘ladi. Bunday yadro kriptovalyuta hamyoni orqali xavfsiz tranzaksiyalarni, ya’ni mablag‘ oldi-berdisini amalga oshirish imkonini beradi», — deydi Sirin Labs asoschisi Moshe Xogega.

Kriptosmartfon elchisi va qiyofasi sifatida afsonaviy futbolchi Lionel Messi tanlangan. Shu bilan birga, gadjetlarni ishlab chiqishda Ethereum kompaniyasi asoschisi, taniqli mutaxassis Stiven Nerayoff, VoIP-industriya sohasi pionerlaridan, shuningdek Twitter tarmog‘iga pul tikkan ilk sarmoyadorlardan biri Jeff Pulver, Bancor kompaniyasi asoschisi Gay Benarsi, Sony Mobile asoschilaridan biri Takeshi Ito va boshqalar ham maslahatchi sifatida ishtirok etmoqdalar.

Finney kriptosmartfoni shu yil oxiri yoki 2019 yilning boshida taqdim qilinadi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!