Litiy-ionli batareya ixtirochisi yangi quvvatlash texnologiyasini kashf qildi

Litiy-ionli batareya ixtirochisi yangi quvvatlash texnologiyasini kashf qildi

Texas universitetining Kokrell muhandislik maktabining 94 yoshli professori, Litiy-ionli batareya ixtirochilaridan biri Jon Gudenaf boshchiligidagi muhandislar jamoasi jahondagi ilk yaxlit akkumulyator to‘qimalarini yaratdilar. Tadqiqot natijalari Energy & Environmental Science ilmiy nashrida chop etildi.

Mazkur texnologiya orqali mobil qurilmalar uchun xavfsiz, tez quvvat oladigan va uzoqqa yetadigan akkumulyator yaratish mumkin. Qolaversa, yaxlit akkumulyator to‘qimalari yordamida arzon hamda quvvat olish jarayonida yoki foydalanish vaqtida qizib ketmaydigan batareyalar ishlab chiqarish mumkin. Bu turdagi “quvvat tosh”lardan batareyalardan harakatlanadigan avtomobillarda ham foydalanish mumkin.

Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatmoqdaki, yangi akkumulyator texnologiyasi bugungi litiy-ionli batareyalardan 3 barobar sig‘imdor. Ilg‘or texnologiya akkumulyator to‘qimalarining quvvat sig‘imi keng bo‘lgani bois, elektr quvvatida yuradigan avtomobillarning ham to‘la quvvatda harakatlanish masofasi ortadi.

Bugungi kungi litiy-ionli batareyalarda litiy ionlarini anod (batareyaning xavfli jihati) va katod (ijobiy jihati) orasida almashishda suyuq elektrolitlardan foydalaniladi. Agar batareya to‘qimalari tezkor quvvatlantiriladigan bo‘lsa, bu elektrolit suyuqligidagi kristallarining zararlanishi natijasida qisqa tutashuvni keltirib chiqadi. Natijada, bugungi kunda eng ko‘p tarqalayotgan mobil qurilmalar akkumulyatorlarining portlashi bilan bog‘liq baxtsiz hodisalar kelib chiqadi. Tadqiqotchi olimlar aynan shu elektrolit suyuqligi o‘rniga anodning ishqor metallini hosil qiluvchi shisha elektrolitlaridan foydalanishni taklif qilishmoqda.

Shu bilan birga, shisha elektrolitlari quvvatni yuqori o‘tkazuvchanlik imkoniyatiga, ya’ni Selsiy bo‘yicha 20 darajada o‘tkazish salohiyatiga. Natijada, avtomobillar minus darajali sharoitda ham yaxshi ishlay olishadi. Taqdim etilgan shisha elektrolitidan tayyorlangan akkumulyator -60 darajada ham samarali faoliyat ko‘rsatadi.

Yana bir muhim jihati ushbu akkumulyatorlarni tayyorlashda dengizdan olinadigan natriy tuzi kabi ekologik toza xomashyodan ham foydalanish mumkin.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!