Liveman C1 – 4K formatda video yozadigan LeEco ekshn-kamerasi

Liveman C1 – 4K formatda video yozadigan LeEco ekshn-kamerasi

Xitoyning LeEco kompaniyasi Liveman C1 nomli o‘zining birinchi ekshn-kamerasini namoyish qildi, deb xabar bermoqda Gagadget nashri.

Kamera 16 Mpli matritsa va 140-gradusli ob’yektiv bilan jihozlangan, qurilma ishiga Ambarella  A12S protsessori javob beradi. Liveman C1 30 kadr/soniya tezlik bilan 4K formatidagi videolarni yozishi mumkin. Shuningdek, kamerada ekstremal sharoitlarda avtomatik s’yomkani boshlashga xizmat qiladigan G-sensor o‘rnatilgan.

Batareya sig‘imi 1050 mA/soat, 1,8 dyuymli ekran, Wi-Fi hamda Bluetooth modullari mavjud. Qamera 40 metrgacha bo‘lgan suv ostida ham tasvirga tushira oladi.

Xitoyda kameraga oldindan buyurtma berish jarayoni ochilgan, narxi 220 dollarni tashkil qiladi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.