LPDDR4, UFS, microSD — har birining xotirasi har xilmi?

  •   Saroy
  •  1710
  •  08.05.2018 11:56

LPDDR4, UFS, microSD — har birining xotirasi har xilmi?

Zamonaviy smartfonlarda uch turdagi xotira bo‘ladi: tezkor (operativ), ichki va tashqi. Odatda kartasining tavsifini uni xarid qilayotganingizda osongina bilib olasiz, lekin gadjet ishlab chiqaruvchilar OZU va PZU turlari haqida aksariyat hollarda eslatmaydi.  

Tezkor xotira (RAM/OZU)

Smartfonlardagi tezkor xotiralar nisbatan ancha oddiy: Barcha zamonaviy gajetlarda  LPDDR texnologiyasi ishlatiladi va ular PK’da foydalaniladigan DDR texnologiyasining modifikatsiyasi. LP (Low Power) pristavkasi energiya iste’molining pastligini bildiradi, bunga asosan ishlash kuchlanishini kamaytirish va o‘tkazish qobiliyati orqali erishiladi.

Zamoniy smartfonlarda  LPDDR xotirasining uch avlodi uchraydi:

  • LPDDR3 — o‘tkazish qobiliyati 2133 Mbit/s gacha, chastota 933 MGs gacha, kuchlanish 1,2 V;
  • LPDDR4 — o‘tkazish qobiliyati 3200 Mbit/s gacha, chastota 1600 MGs gacha, kuchlanish 1,1 V;
  • LPDDR4x — o‘tkazish qobiliyati 4266 Mbit/s gacha, chastota 1600 MGs gacha, kuchlanish 0,6 V.

LPDDR3 standarti hozirgi kunda  eskirgan hisoblanadi, LPDDR4 turdagi xotira ilg‘or qurilmalarga o‘rnatiladi, shuningdek, o‘rta narx toifadagi smartfonlarda ham ishlatiladi. Yanada zamonaviy LPDDR4x turi ham bor. U yuqori o‘tkazish qobiliyatiga ega bo‘lib, energiya iste’moli kamaytirilgan. Agar siz flagmanni sotib olmoqchi bo‘lsangiz aynan,  LPDDR4x ni tanlang, adashmaysiz.

Ichki xotira (ROM/PZU)

Zamonaviy smartfonlarda eng ko‘p tarqagan ichki xotira turi – MMC xotira kartasi bazasida yuzaga kelgan arzon eMMCdir, u o‘z navbatida SD standartiga mos keladi. Boshqacha aytganda, eMMC – bu  samartfonning asos platasiga qovsharlab o‘rnatilgan xotira kartasidir.

eMMC standarti ko‘plab versiyada mavjud, quyida ularning asosiylari ko‘rsatilgan:

  • eMMC 4.5 — 2011 yil, o‘tkazish qobiliyati 200 MB/s gacha, yozish tezligi 60 MB/s gacha;
  • eMMC 5.0 — 2013 yil, o‘tkazish qobiliyati 400 MB/s gacha, yozish tezligi 90 MB/s gacha;
  • eMMC 5.1 — 2015 yil, o‘tkazish qobiliyati 600 MB/s gacha, yozish tezligi 125 MB/s gacha.

O‘tgan yilning so‘nggida eMMC 5.2 versiyaning anonsi kutilgan edi, biroq bu hamon sodir  bo‘lmayapti.

eMMC’ning asosiy raqobatchisi sifatida Samsung tomonidan ishlab chiqilgan UFS maydonga chiqdi. eMMC, texnologiyasidan farqli ularoq, ya’ni xotira kartasini modifikatsiyalanar ekan, UFS standarti avval boshdan tez ichki xotirani yaratish uchun ishlab chiqilgan bo‘lsa-da,  natijada, UFS  eMMC bilan taqqoslaganda, nafaqat qatta o‘tkazish qobiliyatiga ega bo‘ldi, balki energiya iste’molini  ham ikki barobarga kamaytirishga erishdi.

Hozirgi vaqtda  UFS: standartining uchta majorli versiyasining tasnifi ishlab chiqarildi:

  • UFS 1.0 — 2011 yml, o‘tkazish qobiliyati 300 MB/s gacha;
  • UFS 2.0 — 2013 yil, o‘tkazish qobiliyati 1200 MB/s gacha;
  • UFS 3.0 — 2018 yil, o‘tkazish qobiliyati 2900 MB/s gacha.

UFS avlodlari haqida gap ketadigan bo‘lsa, yana ikki muhim jihatni ta’kidlash kerak bo‘ladi. Birinchisi — UFS 2.0 va UFS 2.1 standart versiyalari, bir biridan texnik detallari bilan ozgina farq qiladi, lekin tezkorlik xarakteristikasi bilan emas. Maboda benchmarkada qandaydir farq ko‘rinsa, bunda u yanada mukammal chiplardan foydalangani bilan bog‘liq bo‘ladi, ammo tavsif versiyasi bilan emas. Ikkinchidan — UFS 2.0/2.1 va  UFS 3.0 ikki qutbli rejimni qo‘llaydi (2-lane yoki dual lane), ya’ni interfeysning o‘tkazish qobiliyati o‘qish uchun ikkita va xabarlarni yozish uchun ikkita  kanaldan foydalanilgani bois ikki barobarga ortadi. Xotirasi UFS 2.1 bo‘lgan ikki qutbli smartfonlar hozirda kam chiqarilgan, ularning orasida — OnePlus 5, Samsung Galaxy S9 va Xiaomi Mi 6 bor. Aynan o‘ta tez xotira ushbu gadjetlarning boshqa chipsetlardagi gadjetlarni ortda qoldirib benchmarkada birinchi o‘ringa chiqib olishiga yordam bermoqda, garchi real hayotda bir qutbli xotiraning farqi kam sezilsa-da.

 

Tashqi xotira (microSD)

Smartfonlarda anchadan buyon yolg‘iz microSD’ning o‘zi hukmronlik qilib kelmoqda. Smartfon uchun xotira kartasini qanday qilib to‘g‘ri tanlash kerakligi haqida avval maqola berilgan. Hozir biz shunchaki, asosiy masalahatlarni qisqacha takrorlab o‘tamiz.

microSD’ning xotira kartasi tezligi odatda ikki asosiy bosqichda ko‘rsatib o‘tiladi: tezlik klassda va UHS tezlik klassida. Tezlik klassi xotira kartasida «S», harfi ichida raqam bilan belgilanadi, u ma’lumotlarni izchil yozib borishda kam tezlikga mos keladi. Class 2 dan Class 10 gacha hammasi bo‘lib juft indeksli beshta tezlik klassi mavjud. Oxirgisi 10 MB/s yozuv tezligiga mos keladi. UHS tezlik klassi xotira kartasida UHS shinasi yordamida ishlatiladi va  «U» harfi ichida raqam bilan belgilab qo‘yiladi. Hozirgi standart shunday klassning ikkitasini nazarda tutadi, U1 yozish tezligi eng yuqori 10 MB/s da va  U3 yozish tezligi eng yuqori 30 MB/sda.

Hatto, agar siz Ultra HD da video yozib olishni rejalashtirganingizda ham sizga eng keng tarqalgan turlardan biri  – U1 xotira kartasi tezligi bemalol yetib ortadi. Ammo Class 6 va Class 8 bilan belgilangan eski kartalarni zamonaviy smartfonlarga qo‘yishni maslahat bermaymiz: Ular sezilarli ravishda gadjetlarning faoliyatini sustlashtirib yuboradi.

Xulosa

Past narx toifasidagi gadjetlarni tanlayotganingizda  injiqlik qilish ortiqchalik qiladi, lekin, ishoning, qimmat flagman sotib olsangizu, unda xotiraning eskirib ketgan turi o‘rnatilgan bo‘lsa, ruhingiz tushib ketishi tayin. OZU va  PZU texnologiyalarning eng zamonaviy kombinatsiyasi, deb  ayni damda  tegishlicha LPDDR4x va UFS 2.1 ni aytishimiz mumkin, biroq LPDDR4 va UFS 2.0 ham ulardan aslo qolishmaydi va e’tibor qaratishingizga arziydi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!