“Lumigon T3” – tunda “ko‘ra oladigan” ilk po‘lat korpusli smartfon

“Lumigon T3” – tunda “ko‘ra oladigan” ilk po‘lat korpusli smartfon

Daniyaning qimmatbaho smartfon ishlab chiqaruvchi Lumigon kompaniyasi yangi T3 innovatsion smartfoni bilan yana axborot texnologiyalari bozoriga qaytmoqchi. Bu galgi smartfon ilgarigilariga qaraganda ancha arzon.

Kompaniyaning navbatdagi smartfoni Lumigon T3’ning 3 ta – 13 MP bosh, 5 MP old va maxsus 4 megapikselli kameralari bo‘lib, maxsus tungi kamera infraqizil diapozonli qo‘sh fotochaqnoqli kamerasi tunda, qorong‘u sharoitda ham tasvirga olish imkoniga ega bo‘ladi. Uning shunday imkoniyatga ega ilk smartfon ekanligi aytilmoqda. Shuningdek, kameralar boshqa zamonaviy texnologiyalar bilan ta’minlangan.

4.8 dyuym Super AMOLED displeyiga ega smartfonning qobig‘i yupqa va pishiq Marine-grade 316  turidagi po‘latdan ishlangan bo‘lib, juda mustahkamdir. Smartfonning displeyi Corning Gorilla Glass 4 shisha himoya qatlamiga ega. Smartfon suv va chang ta’siriga chidamli.

Lumigon T3 Android 6.0 operatsion tizimida faoliyat ko‘rsatadi.

Unda 64 bitli, 2.2 Ggs chastota tezligida ishlaydigan, 8 yadroli MediaTek Helio X10 protsessori, 3 GB tezkor xotira, 128 GB doimiy ichki xotira mavjud.

T3’ning barmoq izlari skaneri uning tizimiga begona odamlarning kirishiga yo‘l qo‘ymaydi. Smartfonning noyob talqinida barmoq izlari skanerining 360 darajali datchigi 24 karatli oltindan ishlangan. Bu talqin juda qimmat, albatta.

Kompaniya Lumigon T3’ni Yevropa bozorlarida ichki imkon va innovatsiyalaridan kelib chiqib, $740 dollardan $925 dollargacha sotishni rejalashtirmoqda. Ayni paytda kompaniya sayti orqali onlayn savdolarni boshlab yuborgan.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.