MacBook’iga uylanmoqchi amerikalik g‘alati javob oldi

MacBook’iga uylanmoqchi amerikalik g‘alati javob oldi

Yuta shtati bosh prokuraturasi suddan sobiq harbiy prokuror Kris Severning o‘z MacBook’iga uylanish huquqini so‘rab murojaat qilgan da’vo arizasini rad etishga chaqirdi. Bu to‘g‘rida Amerikaning Fox13 kanali xabar bermoqda.

Sever o‘zining 24 sahifalik arizasida MacBook’ini sevib qolgani, bir jinsli nikohdek jirkanch munosabatga ruxsat bergan jamiyat buyumlar bilan ham turmush qurishga huquqiy jihatdan asos yaratib berishi kerakligini ma’lum qilgan.

Yuta shtati bosh prokurori Devid Vulf esa qonunchilikka ko‘ra nikoh odamlar o‘rtasida tuzilishini, kompyuterlar bilan nikoh qurish nazarda tutilmagani, bo‘lgan taqdirda ham, Yuta qonunlariga ko‘ra uning kompyuteri 15 yoshga to‘lmaguniga qadar voyaga yetmagan hisoblanishi va u bilan turmush qurish taqiqlanishini aytgan. Kris esa kurashishda davom etmoqchi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!