Magistraturaga onlayn hujjat topshirish bo‘yicha batafsil ma’lumot

  •   DiMaX
  •  5019
  •  03.07.2020 17:54

Magistraturaga onlayn hujjat topshirish bo‘yicha batafsil ma’lumot

Kecha – 2 iyul kuni AOKA huzuridagi shtabda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot kotibi muhim savol va murojaatlar yuzasidan javob qaytardi. Bu haqda Sof.uz nashri xabar bermoqda.

O‘QING: Islom akademiyasida internetdagi mafkuraviy va diniy tahdidlarga qarshi turuvchi mutaxassislar tayyorlanadi

Savol: Magistraturaga hujjatlarni qabul qilish onlayn amalga oshirilishi belgilangan edi. Shu haqda ma’lumot bersangiz?

Javob: Hujjat topshirish magistr.edu.uz sayti orqali onlayn amalga oshiriladi. Tizim 24 soat davomida uzluksiz ishlamoqda. OTMlarda hujjat qabul qilinmaydi!

Qabul jarayoni 1 iyuldan boshlangan va 30 iyulgacha (shu kuni ham) davom etadi. 1 iyul kunining o‘zida 400 dan ortiq hujjat ro‘yxatdan o‘tkazildi.

Hujjat topshirish uchun kerak bo‘ladigan ma’lumotlar:

  • Pasport ma’lumotlari to‘ldiriladi. Bunda abituriyent JShShIR (Jismoniy shaxslarning shaxsiy identifikatsion raqami)ni hamda pasport seriyasi va raqamini kiritishi kifoya. Pasportning skaner yoki rasm varianti talab etilmaydi;
  • Doimiy yashash manzili (ya’ni propiska bo‘yicha) kiritiladi;
  • Bakalavrda tugatgan ta’lim muassasasi ma’lumotlari kiritiladi;
  • Diplomning rasmi hamda baholar qayd etilgan ilovaning skaner varianti yuklanadi;
  • Agar abituriyent imtiyozlarga ega bo‘lsa, ya’ni chet tilini bilish sertifikati, olimpiadalar g‘olibligi, Prezident yoki nomli stipendiya sohibi ekanligi va h.k.larni tasdiqlovchi hujjatlar kiritiladi;

Hujjat topshirmoqchi bo‘lgan mutaxassisligini tanlaydi.

Abituriyentdan shundan boshqa qo‘shimcha hujjatlar, masalan fotosurat, maqolalarining nusxasi, tibbiy ma’lumotnoma talab etilmaydi.

Noto‘g‘ri rasmiylashtirilgan yoki qalbaki hujjat qabul qilinmaydi.

O‘QING: TATUda yangi magistratura yo‘nalishi ochildi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!