Magnitli simsiz quvvatlantirgichli ilk Android-smartfon – Realme Flash suratlari tarqaldi

  •   DiMaX
  •  201
  •  28.07.2021 11:07

Magnitli simsiz quvvatlantirgichli ilk Android-smartfon – Realme Flash suratlari tarqaldi

Android tizimli smartfonlar orasida birinchi bo‘lib Realme kompaniyasi o‘z qurilmalari uchun xuddi Apple kabi magnitli simsiz quvvatlantirgich — Flash’ni taqdim etdi. Bu to‘g‘rida Daryo nashri xabar bermoqda.

O‘QING: realme smartfonlari narxlari bilan tanishamiz (2021 yil, iyul)

Internetda yaqin orada taqdim etilishi kutilayotgan Realme flagmanining suratlari paydo bo‘lgan. Suratlarda simsiz MagDart quvvatlantirgichini ko‘rish mumkin — u kutilganidan ingichkaroq ko‘rinish olgan.

Smartfonning o‘zi haqida hozircha biror ma’lumot yo‘q. U egilgan displey, Snapdragon 888 protsessori, 12 gigabayt tezkor va 256 gigabayt ichki xotiraga ega bo‘ladi. Albatta, uning boshqacha xotiralarga ega modifikatsiyalari ham paydo bo‘lishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Apple kompaniyasi iyul o‘rtalarida iPhone smartfonlarining orqa paneliga qotiriladigan MagSafe akkumulyatorini taqdim etgandi. Yangi MagSafe akkumulyatori iPhone 12, iPhone 12 mini, iPhone 12 Pro va iPhone 12 Pro Max’larda ishlash uchun mo‘ljallangan.

O‘QING: iPhone 14 Pro: zanglamas po‘lat o‘rniga titan!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!