Mail.Ru Group rahbari robot-texnologiyalar uchun 100 mln dollar ajratadi

Mail.Ru Group rahbari robot-texnologiyalar uchun 100 mln dollar ajratadi

Rossiyaning Mail.Ru Group internet-kompaniyasi ta’sischisi va bosh direktori Dmitriy Grishin robotlar va “Internet buyumlari” yaratish bilan shug‘ullanuvchilar uchun ikkinchi Grishin Robotics jamg‘armasini tashkil etdi. Bu haqda “Vedomosti” jamg‘arma xabariga tayanib ma’lum qildi.

Grishin Robotics kapitali 100 mln dollarni tashkil etadi. Mazkur mablag‘lar Grishinning shaxsiy pullari hamda Amerika va yevropalik sarmoyadorlarning investitsiyalari hisobiga shakllantirildi. 2012 yilda Mail.Ru Group rahbari robototexnika sohasi uchun ilk jamg‘armasaga asos solgan edi. Hozirga qadar u 12 ta kompaniyaga sarmoya kiritdi, jamg‘armaning barcha mablag‘lari esa Grishinning shaxsiy manbalariga tayanadi.

2012 yil sentyabrida birinchi Grishin Robotics jamg‘armasi robotlar ishlab chiquvchilarga Double Robotics telekonferensiyasini o‘tkazishlari uchun 250 ming dollar taqdim etdi. Xuddi shuncha mablag‘ni Robot AppStore robotlari uchun dasturiy ta’minot internet-do‘koni qo‘lga kiritdi.

Grishin Robotics jamg‘armasi kapitali kengayganidan so‘ng har bir kompaniya 10 mln dollargacha mablag‘ga ega bo‘ladigan yanada yirikroq ishlanmalar uchun e’tibor qarata boshlaydi. Bunda nafaqat dastlabki ishlanmalar, balki kelgusidagi faoliyatga ham sarmoyaga tikiladi.

Nashrning qayd etishicha, Grishin Robotics mualliflari o‘z texnologiyasi va mahsulotlarining ishga layoqatli ekanini isbotlab bera olgan, biroq ommaviy ishlab chiqarish uchun yetarlicha mablag‘larga ega bo‘lmagan loyihalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ishga tushirilgan.