Maktab o‘quvchisi MRB direktori pochtasini buzdi

Maktab o‘quvchisi MRB direktori pochtasini buzdi

Markaziy razvedka boshqarmasi direktorining AOL servisidagi elektron pochtasi buzilgani xabari tarqaldi. Shuningdek, yosh xaker milliy xavfsizlik vaziri Jey Jonsonning Comcast akkauntiga ham hujum uyushtirdi. Yosh buzg‘unchining Twitter akkaunti ma’lum xolos. U musulmon bo‘lmasa-da, Falastinni qo‘llashini va AQSh siyosati bilan kelishmasligini ayon qildi. U ijtimoiy muhandislik (sotsial injeneriya) usulida bu ishni amalga oshirgan.

AQSh Federal qidiruv byurosi va Maxfiy xizmatlari bu ish yuzasidan tekshiruvni boshlab yubordi. Xaker buzilgan pochtadan MRB direktori maxfiy ma’lumotga ruxsat olish uchun to‘ldirgan 47 sahifali anketasini topgan. Bundan tashqari razvedka xodimlarining shaxsiy ma’lumotlari, ijtimoiy sug‘urta raqamlari va eng ahamiyatlisi – terrorchilikda shubhalanganlarni “qo‘pol usullarda so‘roq qilinishi” haqidagi hukumat xatini topgan. Ammo bu hujjatlarni hali oshkor qilmadi.

Eslatib o‘tamiz, AQShning barcha davlat amaldorlari maxsus elektron tizimda yozishma olib boradi. Bu tizim hukumat buyurtmasi asosida yaratilgan bo‘lib, qo‘shimcha himoyaga ega va barcha yozishmalar tarixini avtomatik ravishda saqlab qoladi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!