"Malika"da hanuz yaxshi sotilayotgan mashhur iPhone endi Hindistonda ishlab chiqariladi

Hindistondagi Wistron zavodida ayni paytda iPhone SE smartfoni ishlab chiqarilmoqda. Yaqin fursat ichida kompaniya yana bir eng ommalashgan ayfonni aynan shu yerda ishlab chiqaradi. Bu — Apple'ning iPhone 6S Plus smartfon modeli.

Kompaniya allaqachon smartfonning tajribaviy partiyasini Bangalordagi zavodda ishlab chiqarishga ulgurdi. Agar hammasi yaxshi o‘tsa, bir necha hafta ichida bu smartfon modelini tayyorlash to‘liq yo‘lga qo‘yiladi.

Apple korporatsiyasi bir nechta iPhone modellarini ishlab chiqarishni Hindistonga ko‘chirishidan maqsad ayfon narxini mahalliy bozor uchun yanada maqbullashtirishdan iborat. Wistron zavodida ayfon ishlab chiqarish uchun Apple Hindistonga 157 million dollar miqdorida sarmoya kiritgan.

Misol uchun, iPhone 6S Plus Hindistonda ishlab chiqariladigan bo‘lsa, uning narxi hindistonlik xaridorlar uchun 5-7% ga arzonlashadi.

O‘qing: Terabayt.uz'da eng ko‘p izlangan 10 ta smartfon

Zavod mas’ullarining ma’lum qilishlaricha, zavod salohiyati mahalliy ehtiyojni qondirishga qodir emas. Shu bois, Xitoy hozircha ayfon ishlab chiqaradigan asosiy hudud bo‘lib qoladi.

Eslatib o‘tamiz, Mazkur mobil aloqa vositasi 2015 yilning sentyabr oyida Apple kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan. Uning 5.5 dyuymli devays ekranining piksel sig‘imi 1080 x 1920 belgiga teng. 1.84 Ggs tezlikda ishlaydigan Apple A9 protsessori bugungi kunda ham eng samarali protsessorlar qatorida turadi. Smartfon 2 GB tezkor xotiraga ega bo‘lib, uning 16/64/128 GB doimiy xotirali talqinlari ishlab chiqarilgan. iPhone 6S Plus fabletining bosh kamerasi 12 Mp formatida suratga oladi. Korpusdan ajralmas akkumulyatorning quvvat sig‘imi 2750 mA soat.

O‘qing: iPhone 6S Plus – “Malika”dagi eng qimmat ayfon

iPhone 6s+ (128 GB, gold) hozirda "Malika"da 4 992 000 so‘mdan sotilmoqda.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.