«Malika»da sotilayotgan Galaxy S8 va S8+ uchun Android Oreo tayyor!

  •   DiMaX
  •  2243
  •  02.10.2017 16:00

«Malika»da sotilayotgan Galaxy S8 va S8+ uchun Android Oreo tayyor!

Dastlabki sinov dasturi ishtirokchilari bo‘lgan Samsung Galaxy S8 hamda S8+ egalari uchun Android Oreo tizim talqinining beta-termasi shu kunlardayoq taqdim etiladi. Samsung Pay ilovasining so‘nggi yangilanishi shundan dalolat beradi: undagi yagona va asosiy o‘zgarish – Android’ning 8.0 versiyasini qo‘llab-quvvatlashdir. Bu to‘g‘rida SamMobile resursi xabar bergan.

Samsung kompaniyasining dasturchilari Android Oreo talqinini flagman smartfonlar uchun moslashtirishga kirishganlari haqida avvalroq xabar tarqalgan edi. Ingliz tilli nashrlar tomonidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, yangilanish smartfonlarning tezkorligini yanada oshiradi va ilovalarning fonda ishlash prinsipini o‘zgartiradi. Fondagi jarayonlarning optimallashtirilishi smartfonning ish samaradorligini pasaytirmagan holda uning quvvatini tejash imkonini beradi.

Bulardan tashqari, Galaxy S8 va S8+ modellari «rasm ichida rasm» rejimini qo‘llab-quvvatlaydigan hamda ilovalarning «bir ondayoq» ochilishi hamda avtomatik to‘ldirishning yangilangan tizimiga ham ega bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Samsung kompaniyasining ushbu flagmanlarini poytaxtimizdagi «Malika» savdo majmuasi do‘konlaridan plastik kartochka orqali xarid qilish imkoni mavjud. Shuningdek, Toshkent shahridagi xaridorlar mazkur smartfonlarni kredit bo‘yicha – bir necha oyda bo‘lib-bo‘lib to‘lash yo‘li bilan naqd pulga so‘mga sotib olishlari ham mumkin.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!