“Malika”dagi hamyonbop 2 Huawei smartfoni (2-qism)

“Malika”dagi hamyonbop 2 Huawei smartfoni (2-qism)

Gartner kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2016 yilda sayyoramizda 1,5 milliard dona smartfon sotilgan. Bu ko‘rsatkich jadal o‘sishda davom etmoqda. Bugun smartfon bozorida peshqadam bo‘lgan brendlar qimmat gadjetlarni ommalashtirishga urinayotgan bir paytda, bozorning yangi vakillari ularnikidan qolishmaydigan, shu bilan birga 2 hissa arzon mobil aloqa vositalari bilan diqqatni tortishmoqda.

Jumladan, Xitoyning Xiaomi, Meizu, Lenovo hamda Huawei kompaniyalarining hamyonbop smartfonlari tejamkorlikni xush ko‘radigan yurtdoshlarimizga manzur bo‘lmoqda. Quyida e’tiboringizga “Malika” axborot texnologiyalari vositalari bozorida sotilayotgan, nisbatan hamyonbop bo‘lgan “aqlli telefon”larning imkoniyatlari xususida ma’lumot beramiz.

2-qism. Materialning 1-qismi ushbu manzilda.

Huawei P8 Lite

Taqdim qilingan vaqti: 2015 yil, May. Gadjet yangi talqinda 2017 yilda ham taqdim qilingan.

5 dyuymli Huawei P8 Lite smartfonining displeyi IPS LCD texnologiyasi asosida ishlab chiqarilgan. Old panelning ~68.3 foizi ekrandan iborat. Ekranning piksellar sig‘imi 720 x 1280 belgiga teng (har dyuymda ~294 piksel). Ekranda multitach funksiyasi mavjud. U Corning Gorilla Glass 3 himoya shishasi bilan qoplangan.

Platforma Android operatsion tizimining v5.0.2 (Lollipop) talqinida ishlaydi. Uni v6.0 (Marshmallow)ga yangilash ham mumkin.

Devaysda chastota tezligi 1,2 GGs bo‘lgan 8 yadroli HiSilicon Kirin 620 protsessori, Mali-450MP4 grafik-tasvir chipi o‘rnatilgan. Uning tezkor xotirasi 2 GB, doimiy ichki xotira 16 GB. Shuningdek, microSD bo‘lmachasi orqali xotirani 256 GB.gacha oshirish mumkin.

Huawei P8 Lite korpusi o‘lchamlari: 143 x 70.6 x 7.7 mm., og‘irligi 131 gramm. Korpusda 2 ta SIM-karta bo‘lmasi. an’anaviy 3.5 mm audio konnektor, shovqinni pasaytiruvchi mikrofon, USB microUSB v2.0 standartidagi port mavjud.

Huawei P8 Lite 13 MP bosh kameraga ega. Uning suratlariga yuqori baho yuerilgan. Kamera apertura diafragmasi f/2.0. Ya’ni, bugungi kunda ilg‘or. Bosh kamera ikki xil tus beradigan LED fotochaqnoq, avtofokus tizimi, geografik joyni belgilash, yuzni va tabassumni aniqlash funksiyalariga ega. Bosh kamerada 1080p sig‘imli video tasvirga olish mumkin. Smartfondagi selfi kamera sig‘imi 5 MP.

Huawei P8 lite akkumulyatori 2200 mA soat hajmdagi quvvat sig‘imiga ega. Undan faol foydalanganda, 2 sota internetdan foydalanganda kun oxirida 10-15 foiz quvvat qoladi. Grafikaga boy o‘yinlar o‘ynalganida soatiga quvvatning 30 foizi sarflanadi.

Huawei P8 lite aloqaning GSM / HSPA / LTE / WLAN / Wi-Fi 802.11 b/g/n, Wi-Fi Direct / Bluetooth v4.0, A2DP, EDR, LE /GPS / A-GPS / GLONASS tarmoqlarida ishlaydi. Shuningdek, FM radio ham mavjud.

Gadjetda yorug‘lik darajasini aniqlaydigan, akselerometr, oraliq-masofa, kompas kabi datchiklar o‘rnatilgan. Ayniqsa, NFC texnologiyasing ham joriy qilingani quvonarli.

“Malika”da Huawei P8 Lite + Selfi talqini 1,301,500 mln. so‘mdan sotilmoqda.

Huawei GR3 (Huawei Enjoy 5s)
Taqdim qilingan vaqti: 2015 yil, Dekabr

5.0 dyuymli (old panelning ~67.6% foizi ekrandan iborat) Huawei GR3 displeyi IPS LCD texnologiyasida ishlab chiqarilgan. Ekranning piksel sig‘imi 720 x 1280 (har dyuymda ~294 piksel). Ekran multitach funksiyaga ega va bir vaqtning o‘zida 5 tagacha barmoq zarbini qo‘llab-quvvatlaydi.

Huawei GR3 platformasi Android operatsion tizimining v5.1.1 (Lollipop) talqinida taqdim qilingan. Uni yangilab olish mumkin. Qurilmada Mediatek MT6753T chipseti, 1,5 GGs chastota tezligida ishlaydigan 8 yadroli Cortex-A53 protsessori, Mali-T720MP3 videokartasi o‘rnatilgan. Mobil aloqa vositasi 2 GB tezkor va 16 GB doimiy xotira bilan ta’minlangan. Shuningdek, undagi microSD bo‘lmachasi 256 GB.gacha xotira fleshkasini qo‘llab-quvvatlaydi.

Huawei GR3 13 MP bosh kamerada suratga oladi. Uning apertura diafragmasi f/2.0. Bosh kamera avtofokus funksiyasi va LED fotochaqnoqqa ega. Shuningdek, kamera geografik joyni belgilash, fokusni belgilash, yuzni aniqlash kabi tizimlarga ega. U 1080p sig‘imli video tasvirga oladi. Old kamera sig‘imi 5 Mp.

2 SIM kartali Huawei GR3 o‘lchamlari: 143.5 x 71 x 7.6 mm, vazni 135 gramm. Korpusda USB microUSB v2.0 porti mavjud. Devaysning kuch-quvvati 2200 mA soat akkumulyatorga bog‘liq.

Huawei GR3 aloqaning GSM / HSPA / LTE / WLAN / Wi-Fi 802.11 b/g/n, Wi-Fi Direct / Bluetooth v4.0 / A2DP / GPS / A-GPS kabi tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlaydi. Shuningdek, unda FM radio ham mavjud.

Qo‘shimcha sensorlar qatorida barmoq izlari skaneri, akselerometr, masofani aniqlash kabi jihatlarin aytish mumkin.

Huawei GR3 tilla rang, kumush rang korpusli talqinlarda ishlab chiqarilmoqda.

Ayni paytda “Malika”da Huawei GR3’ning “Selfi” talqinini 1,164,500 so‘mdan xarid qilish mumkin.

Yurtimizdagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari qurilmalarining narxlari bilan Terabaytning «Narxlar» bo‘limida batafsil tanishib chiqing.

 

 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.