“Malika”dagi ilg‘or va hamyonbop Redmi Note 4 imkoniyatlari

“Malika”dagi ilg‘or va hamyonbop Redmi Note 4 imkoniyatlari

2015 yilning noyabr oyida Xiaomi tomonidan taqdim etilgan Redmi Note 3 ko‘pchilikni qiziqtirib qo‘ygach, 2 oy o‘tib bozorga uning yanada takomillashtirilgan “Pro” talqini chiqarildi. Kompaniya 2016 yilning avgust oyida Redmi Note 4 devaysini taqdim etdi. Kompaniya 2016 yilda aynan ilg‘or modellarni tez-tez e’lon qilib turgani uchun ham Xitoy smartfon bozorida Apple’ni ortda qoldirishga erishdi.

Smartfon ko‘rinishidan flagmanlardan qolishmaydi. Unda barmoq izlari skaneri ham mavjud. Uning o‘lchamlari: 151x76x8,3 mm, vazni 175 gramm. Redmi Note 4 kumush rang (old paneli oq), qora-kulrang (old paneli qora) hamda tilla rang korpusli talqinda ishlab chiqarilmoqda.

Xiaomi Redmi Note 4 IPS matritsali texnologiyada ishlab chiqarilgan 5,5 dyuymli, piksel sig‘imi 1920×1080 (har dyuymda 401 piksel) belgiga teng. U multitach funksiyasiga ega. Ekran eng ko‘pi bilan bir vaqtning o‘zida 10 tagacha barmoq zarbini farqlay oladi va atrofi 2,5D turidagi qayrilgan himoya shishasi bilan qoplab olingan. Shuningdek, unga ekranni barmoq izlaridan himoya qiluvchi plenka qoplamasi yotqizilgan.

Xiaomi bu smartfonni ham sifatli displey bilan ta’minlagan. Redmi Note 4 ekrani yorqin, quyoshda tundlashib qolmaydi. Gadjetning tasvir uzatishi tiniq, suratlardagi ranglar nisbati sezilarli. Maxsus ilova yordamida ekrandagi ranglar darajasini o‘zgartirish, “mutolaa” rejimini yoqib qo‘yish mumkin.

Redmi Note 4 mobil telefoni 10 yadroli, 64 bitli, chastota tezligi 2,1 GGs bo‘lgan MediaTek Helio X20 protsessorida faoliyat ko‘rsatadi. Undagi grafik-tasvirlarni qayta ishlash uchun Mali-T880 MP4 videokartasi mas’ul. Smartfon Android 6.0 Marshmallow operatsion tizimining MIUI 8 talqinida ishlaydi. Gadjetning operativ xotirasi 2 GB, doimiy ichki xotirasi 16/32 GBni tashkil qiladi.

Devaysning bosh sig‘imi 13 Mp. Smartfon taqdim etilayotganida unga OmniVision kompaniyasining eng so‘nggi ilg‘or sensori qo‘yilganligi aytilgan edi. Besh linzali kamera aperturasi f/2.0. Kamerada faali avtofokus va ikki xil tus beradigan fotochaqnoq mavjud. Old kamera sig‘imi 5 Mp, ob’yektiv aperturasi — f/2.0.

Bosh kameraning rangni olish va qayta ishlashi yaxshi. U sharoit yaxshi bo‘lsa, detallarga boy surat oladi. Old kamerada ham fokusni belgilash tizimi mavjud bo‘lib, yorug‘lik yaxshi bo‘lsa, yaxshi suratga oladi.

Quyidagi misollarda o‘zingiz guvoh bo‘ling:

Redmi Note sig‘imi 4100 mA soat bo‘lgan ajralmas akkumulyator bilan ta’minlangan. Quvvat toshi 2 soat 20 daqiqa ichida to‘liq quvvat oladi. AnTuTu benchmarki smartfon quvvat tizimini 9215 ballga baholagan, bu esa o‘rta narxli smartfonlar quvvat tizimidan 2 barobar yuqori.

Redmi Note 4 aloqaning GSM (850/900/1800/1900 MGs), UMTS (850/900/1900/2000/2100 MGs), LTE (1, 3, 5, 7, 38, 39, 40, 41) tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlaydi. Unga 2 ta SIM karta qo‘yish mumkin. Wi-Fi 802.11 a/b/g/n/ac, Bluetooth 4.2 LE, IK-port kabi simsiz interfeyslar ham mavjud. Shuningdek, Redmi Note 4 yorug‘lik sensori, oraliq-masofa, akselerometr, giroskop, kompas kabi datchiklarga ega.

Smartfon komplektida quvvatlash qurilmasi, Micro-USB kabeli, «skrepka» va hujjatlar jamlanmasi mavjud.

Redmi Note 4 sifatli FHD displey, samarali protsessor, to‘liq metalldan tayyorlangan korpus, keng sig‘imli batareya, tezkor barmoq izlari skaneri, sifatli suratga oluvchi kamera va albatta hamyonbopligi bilan ko‘pchilikka ma’qul. Shuningdek, tezkor quvvatlash tizimining yo‘qligi va xotira sig‘imining kichikligi uning kamchiligi sifatida e’tirof etiladi.

Ayni paytda Redmi Note 4’ning 32 GB doimiy xotiraga ega talqini poytaxtimizdagi “Malika” savdo majmuasida 1,404,250 million so‘mdan sotilmoqda.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!