"Malika"ning boshi qotgan: Redmi Note 5 yoki Honor 7X olsammi?

Xiaomi has taqdim qilgan Redmi Note 5 ekran tomonlarining nisbati 18:9 standartli bo‘lgan hamyonbop smartfon. Bu jihatdan va boshqa texnik jihatdan bu gadjet Huawei 2017 yilning kuzida taqdim qilgan Honor 7X'ga o‘xshab ketadi.

Shu munosabat bilan, biz quyida bu ikkala o‘rta narxli smartfonlarni taqqoslashga qaror qabul qildik.

Har ikkala smartfon metall korpusli, ularning har ikkalasining orqa panelida barmoq izi skaneri mavjud.

Honor 7X 5.93 dyuymli va Full HD+ (2160 × 1080 pikselli), 18:9 o‘lchamli ekranga ega bo‘lgan.

Redmi Note 5 esa 5.99 dyuymli, Full HD+ (2160 × 1080 pikselli), 18:9 o‘lchamli displeyga ega bo‘lgan.

Honor 7X smartfoni 8 yadroli Kirin 659 protsessoriga, 4 gigabaytli tezkor hamda 32/64 GB doimiy xotiraga ega bo‘lgan.

Xiaomi Redmi Note 5 modeli esa 2.0 Ggs chastota tezligida ishlaydigan, 8 yadroli Snapdragon 625 chipi, 3/4 gigabaytli tezkor va 32/64 Gb doimiy xotira bilan ta’minlangan.

Honor7X bosh kamerasiga 16 Mp + 2 Mp kamera modullari o‘rantilgan bo‘lsa, Redmi Note 5 bir modulli -- 12 megapikselli bosh kameraga ega bo‘lgan.

Biroq akkumulyator masalasida Redmi Note 5 bemalol maqtana oladi: Xiaomi Redmi Note 5 uchun elektr toki sig‘imi 4000 mA soat bo‘lgan akkumulyator tanlangan. Honor 7X esa elektr toki sig‘imi 3340 mA soat bo‘lgan akkumulyator bilan kifoyalangan.

Devayslarning hech birida tezkor quvvat olish funksiyasi yoki USB Type C porti mavjud emas.

O‘qing: Xiaomi Redmi 5: "Malika"dan "beshni oling"!

Quyidagi jadval yordamida batafsil taqqoslab ko‘ring:

Xiaomi Redmi Note 5

Honor 7X

Ekran: 5.99 dyuymli (2160 × 1080 pikselli) Full HD+, 18:9 nisbatli, 2.5D qayrilma shishasi qoplangan.

5.93 -inch  dyuymli (2160 × 1080 pikselli) Full HD+, 18:9 nisbatli, 2.5D qayrilma shishasi qoplangan.

Chipset: 2.0 Ggs, 8 yadroli  Snapdragon 625, Adreno 506 video-kartasi.

 1.7 Ggs 8 yadroli Kirin 659, MaliT830-MP2 video kartasi.

Tezkor xotira:  3 Gb/4Gb

4 Gb

Doimiy xotira: 32/64 Gb,  microSD yordamida 128 gigabaytgacha kattalashtirish mumkin.

32/64 Gb,  microSD yordamida 256 gigabaytgacha kattalashtirish mumkin.

Bosh kamera: 12 megapikselli, 2 tusli LED fotochaqnoq, 1.25μm pikselli.

 16 Mp + 2 MP, LED fotochaqnoq.


Old kamera: 5 megapikselli, fotochaqnoq. 

8 megapikselli. 

Aloqa imkoniyatlari:  2 ta SIM-karta, 4G VoLTE, WiFi 802.11 b/g/n  (2.4GHz + 5GHz), Bluetooth 4.2 LE, GPS / GLONASS

2 ta SIM-karta ,4G VoLTE, Wi-Fi 802.11 ac (2.4GHz + 5GHz), Bluetooth 4.1, GPS + GLONASS

Barmoq izi skaneri

Barmoq izi skaneri bor.

Akkumulyator: 4000 mA soat 

3340  mA soat 

Operatsion tizim:
Android 7.1.2 (Nougat)’ning o‘zlashtirilgan MIUI 9 proshivkasi. 

Android 7.0 (Nougat)’ning o‘zlashtirilgan EMUI 5.1 proshivkasi.

O‘lchamlari: 158.5 x 75.45 x 8.05 mm; Vazni: 180 gramm.

156.5 x 75.3 x 7.6 mm; Vazni: 165 gramm.

Protsessor masalasida ...

Snapdragon 625 va Kirin 659 chiplarining imkoniyatlari deyarli teng. Smartfonning samaradorligi dasturiy ta’minot tizimining platformaga muvofiqligiga bog‘liq.

Ya’ni, Snapdragon protsessorlari birmuncha ommalashganini hisobga olsak, uning Kirin chiplaridan bir oz ustunligi namoyon bo‘ladi.

Honor 7X qora, ko‘k va tilla rang korpuslarda sotuvga chiqarilgan bo‘lsa, Xiaomi Redmi Note 5 qora, tilla rang, pushti-tilla, ko‘k rang (lake blue) korpuslarda ishlab chiqarilmoqda.

Honor 7X modelining 32 Gb doimiy xotiraga ega talqini 202 AQSh dollaridan, 64 Gb doimiy xotiraga ega talqini 250 AQSh dollaridan sotuvga chiqarilgan.

Redmi Note 5 bozorga 155 AQSh dollari (3/32), 187 AQSh dollari (4/64) bahosida chiqarilishi ma’lum qilingan.

 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.